193
zid. Shu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor
munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy
rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan
farqlanadi.
Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo‘jalikni ma’muriy buyruqbozlik
prinsiplari asosida yuritib kelgan, keyinchalik ularga bozor mexanizmlarini
uyg‘unlashtirish orqali o‘ziga xos o‘tish yo‘lini yaratgan mamlakatlar tajribasini
ham alohida ko‘rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat
ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi kunda tub
islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish borasida sezilarli
muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bularning barchasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish
yo‘llarining o‘ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga
Dostları ilə paylaş: