Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar 
 
1.
Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi 
natijasida vujudga keladi. 
2.
Bozor munosabatlari subyektlari o‘zaro bog‘liq holda va aloqada bandlik, 
milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi ijtimoiy ishlab 
chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo‘ladigan daromadlar va 
xarajatlar oqimini shakllantiradi. 


188 
3.
Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o‘z maqsad va 
manfaatlaridan kelib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko‘rinishidagi iqtisodiy 
munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o‘z rivojlanishining tabiiy-evolyusion
dinamik xususiyatini belgilab beradi. 
4.
Bozor iqtisodiyoti – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, birlashgan, 
o‘zaro bog‘langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalarni 
o‘z ichiga oladi.
5.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi 
shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor munosabatlariga ko‘mak berishga 
qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir. 
6.
Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar 
borki, ularni bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki 
umuman hal etib bo‘lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat 
ularni o‘z zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi kerak. 
 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Bozor iqtisodiyoti
tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi 
qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizim.
Bozor mexanizmi
– bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni 
va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar. 
Bozor
– ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) 
o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisi. 
Bozor obyekti
– ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat 
natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy 
aktivlar. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin