Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

quyidagi beshta 
muhim tamoyil
asos qilib olingan: 
- iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning siyosatga nisbatan ustuvorligini 
ta’minlash; 
- o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi; 
- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar 
ustuvorligining ta’minlanishi; 
- bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash 
sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim 
ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich 
o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor 
infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi 
sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi. 
1
I.Karimov. Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘ 
kеlajagimizning asosiy omilidir. O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali 
marosimdagi ma'ruza. T.: “O‘zbеkiston”, 2013. 4-bеt. 


198 
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini 
o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy 
bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy 
va boshqa sohalarni ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi 
bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo‘l bilan o‘tish haqidagi 
g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi. Bozor munosabatlariga 
bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning 
asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq 
maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin