Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

tizimiy islohotlar 
deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari 
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish.
Erkinlashtirish – bu xo‘jalik hayotining 
barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini 
keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar 
tizimidan iborat.
U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: 
- xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish; 
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish; 
- narxlarning asosan, talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o‘tish; 
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini 
pasaytirish. 


195 
2.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.
Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar 
yaratilishi; 
- bozorga xorijiy raqobatchilarning ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to‘siqlarni olib 
tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab-quvvatlash va tarmoqqa 
kirishidagi to‘siqlarni pasaytirish; 
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish 
va boshqalar.
3.
Institutsional o‘zgarishlar.
Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalarni 
qamrab oladi: 
- mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy sektorni 
yaratish; 
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya 
fondlari va h.k.) shakllantirish; 
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish; 
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va 
boshqalar.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin