Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Resurslarni taqsimlashning samaradorligi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

1.
Resurslarni taqsimlashning samaradorligi.
Bozor tizimi resurslarni 
samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor 
tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab 
chiqarishga yo‘naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg‘unlashtirishning 
ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani 
qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda 
boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab 
darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 
2.
Iqtisodiy faoliyat va tanlov
e
rkinligi.
Bozor iqtisodiyoti tizimining 
muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo‘lib 
alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish hisoblanadi. 
Bunday uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi – 
markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo‘llash bo‘lsa, ikkinchisi – 
bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy 
faoliyatni majbur qilmasdan uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti 


171 
tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u 
muvaffaqiyatga erishadi. 
3. Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi.
Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, 
firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki 
xo‘jasizlik, sustkashlik, beg‘amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron 
qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy 
ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti 
million-million kishilarni xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan 
qutqaradi. 
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir 
qatorda boshqa ko‘plab 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin