162
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Ijtimoiy xo‘jalik shakllariga umumiy tavsif bering. Natural va tovar
xo‘jaligining asosiy farqlari nimalardan iborat?
2. Tovar ishlab chiqarish va bozorning vujudga
kelishining umumiy shart-
sharoitlarini tushuntiring.
3. Nima uchun tovarga naflilik (iste’mol qiymat) va almashuv qiymatining
birligi sifatida qaraladi? Tovardagi bu ikki xil xususiyat nimadan kelib chiqadi?
4. Qiymatning mehnat nazariyasi mazmunini tushuntirib bering.
5. Qiymatning so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi
nazariyasi asosida nima
yotadi?
6. Keyingi (so‘nggi) qo‘shilgan miqdor nafliligi nima va uning pasayish
sababini tushuntiring.
7. Tovarlar qiymatini aniqlashga bo‘lgan quyidagi fikrlarga o‘z
munosabatingizni bildiring:
a) ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan belgilanadi;
b) keyingi qo‘shilgan tovarlarning nafliligi bilan aniqlanadi;
v) keyingi qo‘shilgan tovarlarning nafliligi va ishlab
chiqarish xarajatlari
bilan aniqlanadi.
8. Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart-sharoitlarini
tushuntirib bering.
9. Pulning ratsionalistik va evolyusion konsepsiyalarining mazmuni nimadan
iborat?
10. Pul qanday vazifalarni bajaradi? Har
bir vazifasining mazmunini
tushuntirib bering.
11. Oltin pul va qog‘oz pul o‘rtasidagi umumiylik va farqlarini ko‘rsatib
bering.
12. Qog‘oz va kredit pullarning qadr-qiymati va barqarorligi nima bilan
belgilanadi?