Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

oddiy yoki tasodifiy, muntazam, 
kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari
mavjud. 
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida turli 
tovarlar umumiy ekvivalent rolini o‘ynagan. Masalan, ayrim joylarda chorva 
mollari, ayrim joylarda tuz, ayrim joylarda mo‘yna, nodir metallar (kumush, mis, 
oltin) va boshqalar. Ekvivalent rolini o‘ynovchi turli tovarlar ichidan ba’zi birlari 
o‘zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, 
nodir metallar). Chunki, ekvivalent rolini o‘ynovchi tovarlarning barchasi ham 
ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara 
olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali 
taqqoslash mumkin bo‘lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.
Tarix va arxeologiya fanilarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, tovar-pul 
munosabatlari eng qadimdan paydo bo‘lgan va rivojlangan davlatlardan biri 
bizning mamlakatimiz hisoblanadi. Chunki bu yerda pul ishlatila boshlanganiga 2 
ming yildan oshgan. Bunga misol qilib, hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan 
xalqlar va qabilalar foydalangan dastlabki pul belgilari hamda tangalarni ko‘rsatish 
mumkin. Tarixchilarning tadqiqotlariga ko‘ra, eramizdan avvalgi V-IV ac
rlarda 
Axmoniylar imperiyasida zarb qi
lingan oltin 
dariklar 
va kumush 
sikllarni, 
e
ramizdan avvalgi III-II asrlar oxiriga borib, Shimoliy Baqtriya, So‘g‘d, Buxoro, 
Xorazmda kumush va suberatli (bronza ustiga yupqa kumush qoplangan) 
“o‘xshatma” tangalar zarb qilinganini aytish mumkin. 
Eramizdan avvalgi I asrda davlatning o‘z kumush va mis tangalari zarb qilina 
boshlandi. Tanganing old tomonida mahalliy xukmdor surati, orqa tomonidan – 
turli tasvirlar va belgilar, so‘g‘dcha va xorazmcha, keyinroq esa baqtriycha 


148 
yozuvlar bo‘lgan. So‘g‘d va Xorazm davlatlarida eramizning birinchi yarmida 
kumush va mis qo‘llanilgan antik andozasining O‘rta Osiyoga xos turi saqlanib 
qolgan. O‘zbekiston bilan Turkmanistonning janubiy qismida yashagan 
ko‘chmanchi xalq - qabilalari barpo etgan ulkan Kushon imperiyasida pul tizimi 
kumushga emas, balki oltinga asoslanganini aytish mumkin. 
O‘sha davrda tangalar mamlakatning turli shaharlarida masalan, Samarqand, 
Buxoro, Mashxad, Balh, Nishopur, Saras va boshqa shaharlarda chiqarilgan. 
Bundan tashqari XVI-XVII asrlarda Abdullaxon va Shayboniyxonlar tomonidan 
o‘tkazilgan pul islohotida ham asosan oltin pulga asoslangan. 
Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda pul islohotini 
o‘tkazgan. Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan 
tangalar bizgacha etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb 
qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtirilgan. 1695-1709 yillarda oltin 
tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og‘irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda 
yuqori – 958 bo‘lgan
1

Shayboniyxon va Abdullaxonlardan keyin 1695-1709 yillarda Joniylar davlati 
shakllanib oltin tanga zarb qilish muntazam yo‘lga qo‘yildi. 
Shunday qilib, pulning kelib chiqishi tarixida eng avvalo, umumiy 
ekvivalentlik rolini bajaruvchi bir nechta metallar (oltin, kumush, mis, bronza 
v.b.), keyinchalik esa bimitalizm ya’ni ikki xil metall pullar (kumush va oltin)dan 
oxirida esa monometal (oltindan) yasalgan tangalar muomalada bo‘lgan. 
Bizning mamlakatimizdan ancha keyin, XIX asrning oxirida mamlakatlar 
birin-ketin oltin valyutaga, ya’ni monometall tizimiga o‘ta boshladilar. Bu hol 
Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQShda esa 1900 yilda sodir 
bo‘ldi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871 yilda, 
Gollandiyada 1877 yilda joriy etilgan edi.
Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish 
sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:
- sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi
1
Chjеn V.A Pul va moliya bozorlari. T.: 1996. 25-26-bеtlar. 


149 
- zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi; 
- bo‘linuvchanligi va bo‘lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish 
mumkinligi; 
- bo‘linganda ham o‘z qiymatini saqlab qola olishi; 
- tabiatda nisbatan kamyobligi; 
- ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metallning qiymati ancha 
yuqoriligi. 
Shu xususiyatlarga ko‘ra umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi ko‘plab tovarlar 
ichidan maxsus tovar – oltin pul ajralib chiqdi. Shunday qilib, 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin