139
keltiradigan mehnatga aytiladi.
Masalan, nonvoyning non yopishga,
duradgorning
stol yoki stul yasashga, chevarning do‘ppi tikishga, tikuvchining
ko‘ylak yoki kostyum tikishga qaratgan mehnat aniq mehnatdir.
Ikkinchi tomondan, ushbu mehnat – aniq shaklidan, turi va yo‘nalishidan
qat’iy nazar, umuman tovarlarning hamma turida gavdalangan inson mehnatidir,
jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U o‘zining
shu sifatida
abstrakt mehnat
deb ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi. Qiymat tovarning emas, balki
faqat mehnatning ijtimoiy tasvsifi bo‘lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham
molekulasi, zarrachasi yo‘qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun
mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar
ishlab chiqaruvchilar mehnati o‘zining ijtimoiy
xususiyatini faqat mehnat
mahsullarini ayirboshlash orqali ko‘rsatadi.
Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: