Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxi o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə103/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxi o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, sariyog‘ narxining oshishi margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi.
O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxi o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘lgan talab oshadi.

  1. Kelgusida iste’molchi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi iste’molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo‘ladi. Shu o‘rinda, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ham jahon va milliy bozorlardagi talab hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aksariyat hollarda uning qisqarishiga olib kelayotganligini ta’kidlash o‘rinlidir.

7.2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni
Bozor holatining o‘zgarishiga iste’molchi yoki xaridorning munosabati ularning talabi orqali namoyon bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining munosabati taklif orqali namoyon bo‘ladi.
Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 7.2-jadvalda ko‘rsatilgan.
7.2-jadval

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin