Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə106/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi.

Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi.
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan bo‘ladi.
7.3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati
Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o‘zgarib turishini ko‘rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi. Ba’zan talab taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim paytda taklif talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib ketadi.
Talab miqdori bilan taklif miqdori bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx deb ham yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatlashgan narx doimo mavjud bo‘lmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatning buzilishiga sabab bo‘ladi.
Ammo iqtisodiyotda bozor muvozanatiga intilish doimo mavjud bo‘ladi.
Talab va taklif tushunchalari tahlili bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatining muvofiq kelishini qarab chiqish imkonini beradi. Bunday muvofiqlik o‘z ifodasini muvozanatlashgan narxda topadi.
Oldingi bandlarda ko‘rib chiqilgan bozor talabi va taklifi egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib, bozorning muvozanatlashgan nuqtasini hosil qilamiz (7.4rasm).
P, so‘m
D ortiqcha ishlab chiqarish S
700
600 E
500
400
300 S taqchillik D
200
100 0
10 20 30 40 50 60 Q, tonna

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin