Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə11/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

bilish vazifasi – har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni kengaytiradi. Ayni paytda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushunish va tahlil qilish, iqtisodiyotning turli jabhalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarni baholash uchun zarur bo‘lgan bilimlar bilan boyitadi, iqtisodiy tafakkurlash darajasini oshiradi;

  • amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash va shu asosda o‘sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishdan iboratdir;

  • uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘zi, bilish uslublari, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar boshqa ijtimoiy tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi;

  • g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmini o‘rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi fani talaba yoshlarga ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.


    Yüklə 3,83 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   400




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin