Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə14/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillarning ayrimlari quyidagilardir:

  1. iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda, o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi;

  2. iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda o‘rganish;

  3. iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.

  4. ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o‘zaro kurashiga rivojlanishning manbai sifatida yondashish.

Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va pul mablag‘lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o‘zaro chambarchas bog‘liq hamda ziddiyatda bo‘ladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, ular doimo sifat va miqdor jihatdan o‘zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o‘rniga yangilari paydo bo‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo‘llashning qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga,
iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyati o‘zgarishini o‘rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bo‘lmaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi.
Ilmiy abstraksiya usuli – tafakkur va tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida o‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko‘zga ko‘rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
Aslida har bir iqtisodiy jarayon yoki hodisa o‘nlab omillarning ta’siri ostida ro‘y beradi. Mazkur jarayon yoki hodisaning chuqur mazmunini ochib berish maqsadida har bir omilni o‘rganish, bir tomondan, o‘ta mushkul va sermashaqqat hisoblansa, boshqa tomondan, u qadar muhim bo‘lmagan jihatlarni ham yuzaga chiqarib, tadqiqotchini voqeaning asl mohiyatidan chalg‘itadi. Shunga ko‘ra, tadqiqotchi uchun jarayon va hodisalarni ilmiy tahlil qilishda birinchi darajali, ahamiyatli va asosiy omillarni ajratib olib, diqqat markazini shunga qaratish muhim hisoblanadi. Bu harakatlar amalda tadqiqotchining ongida, fikran va muntazam ravishda sodir bo‘ladi. Aynan shu jarayon ilmiy abstraksiyalashdir.
Ilmiy abstraksiyalash natijasida hodisa va jarayonlarning eng umumiy xususiyat va aloqalarini namoyon etuvchi ilmiy tushuncha – kategoriyalar ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, dunyoda ishlab chiqarilayotgan millionlab turlicha tovarlarning tashqi xossalaridagi ko‘plab tafovutlardan abstraksiyalashgan holda, biz ularni yagona iqtisodiy kategoriya – tovar tushunchasi orqali ifodalaymiz. Bunda turli tovarlarni birlashtiruvchi eng asosiy jihat – bu sotish, ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan mahsulot ekanligini qat’iy e’tirof etamiz. Biroq, ilmiy abstraksiyalash uchun tadqiqotchi muayyan hodisa va jarayonning mazmunmohiyatiga oid bilimlar bilan yetarli darajada qurollangan bo‘lishi lozim. Aks holda, u asosiy va ikkilamchi darajali omillarni to‘g‘ri ajrata olmay, pirovardida noto‘g‘ri xulosa chiqarishiga olib keladi.
Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri – tahlil va sintez usulidir. Tahlil va sintez deyarli barcha fanlar uchun samarali qo‘llash mumkin bo‘lgan usullardan biri hisoblansada, uning iqtisodiy fanlar uchun ahamiyati juda beqiyosdir.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin