Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiy kategoriya – barqaror takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiynazariy tushuncha



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə13/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Iqtisodiy kategoriya – barqaror takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiynazariy tushuncha.
Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) lar alohida kishilar tomonidan o‘ylab topilmagan, balki real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy fikrlash tafakkur mahsulidir. Masalan, tovar, pul, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi
iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlari, sohalari, bo‘laklari orasidagi bog‘liqlikni, ularning biri o‘zgarsa, albatta ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) lar esa iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.
1.5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish uslubiyatining qaror topishi, takomillashib borishi bilan ham bog‘liqdir.
Real iqtisodiy jarayonlarda ilmiy izlanish va tahlillarni amalga oshirish, respublikamizning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidagi sa’yi-harakatlari va ularning natijalarini baholash uchun ham iqtisodiyot nazariyasining ilmiy tadqiqot usullari va uslubiyatidan xabardor bo‘lish, iqtisodiy tafakkurlash imkoniyatlariga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonunqoidalari va aniq hadislaridir. Bu obyektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin