Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining umumiy normasi asosiy kapitalni takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda ikki qismdan iborat bo‘ladi: bir qismi asosiy kapitalni to‘la qoplashga (qayta tiklashga), ikkinchisi ularni qisman qoplashga (kapital ta’mirlashga) mo‘ljallanadi.
Amaliyotda umumiy yillik amortizatsiya normalarini (An) belgilashda asosiy kapital qiymati (Kas) asosiy kapitalning harakat qilishi muddati davomida kapital ta’mirlash uchun sarflar (Tk), eskirgan mehnat vositalarini tugatishdan olingan mablag‘ (Mt) va shu vositaning xizmat davri (Xd) hisobga olinadi: Аn КаsКаsТ kХd Мt 100% .
Amortizatsiya normalari mehnat vositalari jismoniy va ma’naviy eskirishining haqiqiy miqdorini aks ettirishi kerak. Oshirilgan normalar mahsulot tannarxini sun’iy ravishda o‘stirib yuboradi, pasaytirilgan normalar esa asosiy kapitalning tiklanish davrini kechiktiradi va shu tariqa taraqqiyotga to‘siq bo‘ladi.
Hozirgi sharoitda amortizatsiya ajratmalari barcha mamlakatlarda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Shunga ko‘ra, ayrim davlatlarda firmalarga jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo‘llashga ruxsat beradi. Jadallashtirilgan amortizatsiya ajratmalarining yuqori normalarini belgilash orqali asosiy fondlar qiymatini nisbatan qisqaroq vaqt ichida qoplab olish imkonini beradi. Odatda jadallashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash asosiy fondlarning aktiv qismi uchun ruxsat etiladi. Biroq, bu holat nafaqat asosiy kapitalning tezroq yangilanishini, balki ishlab chiqarish xarajatlarini amortizatsiya ajratmalariga to‘g‘ri keluvchi qismining va binobarin mahsulot tannarxining oshib ketishiga ham olib keladi. Bunday holatda mahsulot qiymati va bahosi oshadi, jadal amortizatsiya yuki iste’molchilar zimmasiga tushadi.
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshishi, eng avvalo, qo‘shimcha kapital mablag‘ sarfalanmasdan turib mahsulot hajmini ko‘paytirishda o‘z ifodasini topadi. Bir tomondan, milliy mahsulot yoki milliy daromadning o‘sish sur’atlari bilan, ikkinchi tomondan, asosiy kapitalning o‘sish suratlari o‘rtasidagi nisbat milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining umumlashuvchi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan asosiy kapital qiymati o‘rtasidagi aloqani aks ettirib, u o‘zaro bog‘liq ikki ko‘rsatkich – kapitaldan olinadigan samara (Ks) va mahsulotning kapital sig‘imi (Ksig) ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan olinadigan samara darajasi ishlab turgan asosiy kapitalning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot yoki milliy daromadni, kapital sig‘imi darajasi esa ishlab chiqarilgan milliy daromad yoki yalpi ichki mahsulotning bir so‘mi hisobiga asosiy kapital qiymatining to‘g‘ri kelishini tavsiflaydi: YaIM МD КS yoki Кs Каs . К аs
Каs К аs К sig' YaIM yoki Кsig' МD .
Korxona miqyosida kapitaldan olinadigan samara darajasi asosiy kapitalning bir so‘mi evaziga korxona ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori (M) bilan, kapital sig‘imi esa korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotning (M) bir so‘m hisobiga qancha asosiy kapital qiymati to‘g‘ri kelishi bilan tavsiflanadi: М К аs Кsamara ; Кsig'.kor. М . К аs
Korxonadagi mehnat vositalarining ayrim turlaridan foydalanish
samaradorligi natural ko‘rsatkichlar yordami bilan aniqlanadi. Masalan, bir to‘quv dastgohida metr hisobida bir kunda to‘qilgan mato, bir avtomobilda bir kunda tonna hisobida tashilgan yuk va hokazo.
Asosiy kapital (fondlar) harakati aylanma kapital va muomala mablag‘lari harakati bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli aylanma kapital va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini aniqlash va uni oshirish omillarini ko‘rsatib berish muhim ahamiyatga ega.