Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə169/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

xarajatlarning turkumlanishi
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar (DX) ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov majburiyatlari (qarzlar bo‘yicha foiz va boshqalar), soliqlarning ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan turlari, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash xizmatiga to‘lov, uskunalarga xizmat ko‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi.
O‘zgaruvchi xarajatlar (O‘X) deb ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yonilg‘i, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar yig‘indisi umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi.
Doimiy (DX), o‘zgaruvchi (O‘X) va umumiy (UX) xarajatlarning grafikdagi ifodasini 11.4-rasm orqali ko‘rishimiz mumkin.
S
UX
O‘X DX
0 Q
11.4-rasm. Doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi tasviri
Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o‘rtacha umumiy, o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O‘rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga teng:
U Х
O'UХ ; М

bu yerda: O‘UX – o‘rtacha umumiy xarajatlar;
UX – umumiy xarajatlar;
M – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
O‘rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:

DXS


O'DХ  ; М

bu yerda: O‘DX – o‘rtacha doimiy xarajatlar; DXS – doimiy xarajatlar summasi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin