Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə177/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

11.6-rasm. Mahsulot qiymati tarkibi
Yalpi foyda miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi yana bir muhim omil – korxona o‘z mahsulotlarini sotishi mumkin bo‘lgan narx darajasidir. Uni to‘g‘ri tushunish uchun biz mahsulot narxi, qiymati va tannarxi o‘rtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib ko‘rsatish mumkin (11.7-rasm).
Foyda N5
N4
Qiymat N3
Tannarx N2
N1
11.7-rasm. Tovar qiymati va narxining nisbati
Rasmdan ko‘rinadiki, birinchi holatda narx mahsulotlar tannarxidan past darajada o‘rnatilib (N1 daraja), buning natijasida ular zarariga sotilishi mumkin. Ikkinchi holatda narxning N2 darajada o‘rnatilishi mahsulotni sotishdan olingan pul tushumining korxona xarajatlariga teng kelishi, ya’ni ishlab chiqarishning faqat o‘zini-o‘zi qoplashi ta’minlanishi mumkin. Uchinchi holatdagi N3 narx darajasi tannarxdan yuqori, biroq qiymatdan past bo‘lib, bunda korxona foydasi tovarda mujassamlashgan foyda miqdoridan kam bo‘ladi. To‘rtinchi holatdagi N4 narx darajasi qiymat miqdoriga teng bo‘lib, korxona tovarda mujassamlashgan barcha foydani oladi. Va nihoyat, beshinchi holatdagi N5 narx darajasini o‘rnatish korxonaga tovar qiymatidan ko‘proq pul daromadi olish imkonini beradi. Buni yuqorida keltirilgan misoldagi «A» mahsulot qiymati va narxi orqali aniqroq ifodalash mumkin: N1 = 500 so‘m; N2 = 600 so‘m; N3 = 800 so‘m; N4 = 1000
so‘m; N5 = 1200 so‘m.
Mana shu o‘rnatilgan yoki shakllangan narx va korxona sarflagan tannarx o‘rtasidagi farq yalpi foyda sifatida namoyon bo‘ladi va vo‘shimcha mahsulotni ifodalaydi. Demak, shakllangan yalpi foyda qo‘shimcha mahsulotning namoyon bo‘lish shaklidir. Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi bilish ham masalani to‘g‘ri tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi (11.8-rasm).
Rasmdan ko‘rinadiki, eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy subyektlarga turli to‘lovlar amalga oshiriladi. Bu to‘lovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag‘lari uchun to‘lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari budjetiga o‘rnatilgan tartibda soliqlar to‘laydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablag‘lar kiritadilar. Yalpi foydaning ushbu to‘lovlardan qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek, jamg‘arish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.





Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin