Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


To‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimida



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə185/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

To‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimida ishlab chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan qat’iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanadi. Ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi bir qancha ko‘rsatkichlar, masalan, reja topshirig‘idan ortiqcha hajmda ishlab chiqarilganligi, yuqori sifat darajasi ta’minlanganligi va boshqalar uchun mukofot berishni nazarda tutadi.
Ishbay-progressiv haq to‘lash tizimida ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha ish haqi beriladi, me’yordan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha pul to‘lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to‘lanadi. Haq to‘lashning jamoa shaklida ish haqi brigada, sex va boshqa bo‘linmaning pirovard mehnat natijalariga bog‘liq qilib qo‘yiladi. Bunda har bir xodim faqat o‘ziga berilgan shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo‘linmaning butun ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor bo‘ladi.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi – tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tartibga solib turuvchi me’yorlar majmui.
Tarif tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • tarif-malaka ma’lumotnomalari;

  • tarif stavkalari;

  • tarif setkalari;

  • ish haqiga nisbatan qo‘llaniluvchi turli koeffitsientlar.

Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil tavsifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, ularda muayyan ishni tariflash uchun qo‘yiladigan razryadlar ham ko‘rsatiladi.
Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham bo‘lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng bo‘ladi).

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin