Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-bob. ISH HAQI VA MEHNAT MUNOSABATLARI



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə181/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

12-bob. ISH HAQI VA MEHNAT MUNOSABATLARI
Mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning taqsimlanish tamoyillari, shakllari, usullari muhim ahamiyat kasb etib, ulardan amalda foydalanish masalalari iqtisodchi-mutaxassislar o‘rtasida turli tortishuv, bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Bunda yaratilgan maxsulot qanday taqsimlanadi, degan savolga javob berish kerak bo‘ladi. Ayniqsa, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy turi bo‘lgan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu bobda ish haqining iqtisodiy tabiati bilan bog‘liq muammolar, yaratilgan maxsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari, ish haqi shakllari va bozor munosabatlari sharoitida uning darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, ish haqi stavkasini tabaqalashtirish masalalari, shuningdek, mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va ularni shakllantirishda turli shartnomalarning va kasaba uyushmalarining roliga alohida o‘rin beriladi.
12.1. Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari
Ish haqining mazmunini to‘g‘ri tushunib olish uchun eng avvalo yaratilgan jami mahsulotning taqsimlanish tartibi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Mamlakatda ishlab chiqarilgan jami mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlanish tamoyillari bo‘yicha turlicha nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning ko‘pchiligida «uch omil» deb nomlanuvchi nazariya keng tarqalgan. Bu nazariyaning asoschilaridan biri fransuz olimi J.B.Sey «ishlab chiqarishning uch omili» degan g‘oyani ilgari surib, unda tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, yer va kapital bab-baravar qatnashadi, ular hamma daromadlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar o‘rtasida taqsimlanadi, deb ko‘rsatadi. Uning bu g‘oyasi amerikalik iqtisodchi olim J.B.Klarkning qo‘shilgan omil (so‘nggi qo‘shilgan kapital yoki ishchi kuchi) unumdorligi degan g‘oyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Klark o‘zining «Boyliklarning taqsimlanishi» nomli asarida yaratilgan boylik uchala omil o‘rtasida ularning har biri yaratgan mahsulot miqdoriga (ya’ni unumdorligiga) qarab taqsimlanadi, deb ko‘rsatdi.
Sey va Klark g‘oyalarini inobatga olinib foydalansa bo‘ladigan ijobiy tomoni quyidagilardan iborat:

  1. kapital, yer va ishchi kuchi (jonli mehnat) ning har uchalasi tovar yoki

xizmatning nafliligini yaratishda qatnashishi ko‘rsatiladi;

  1. yaratilgan naflilik miqdori bilan bu uchala omilning miqdori va unumdorligi o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi, agar bu uchala omil bir-biriga mos ravishda miqdor va sifat jihatidan oshsa, tovarlar va xizmatlar hajmi ham ko‘payishi asoslanadi.

Ammo bu g‘oyalarning kamchiligi ham mavjud bo‘lib, ular hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi.

  1. Sey va Klark iqtisodiyot nazariyasi hali yetarli darajada rivojlanmagan davrda yashab, ijod etganliklari uchun, tovar va xizmatlarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifini va undan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyatini tushunmaganliklari tufayli, kapital va yer tovar nafliligini yaratishda passiv ravishda qatnashsada, qiymat yaratmasliklarini, ular faqat eskirishiga teng, ya’ni amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga jonli mehnat ta’sirida o‘tkazishini, yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishini tushunib eta olmaydilar va binobarin ko‘rsatib berolmaganlar.

  2. Klark tomonidan yaratilgan qo‘shilgan mehnat unumdorligining kamayib borish qonuni turli omillarning bir-biriga mosligi ta’minlanmagan, ko‘r-ko‘rona xarajatlar oshirib borilgan hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti mutlaqo to‘xtab qolgan davrga (holatga) mos kelib, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi.

  3. Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda yaratilgan boylik, to‘g‘rirog‘i milliy mahsulotning hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga qarab taqsimlanmaydi, balki uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan fondlar tashkil qilingandan keyin qolgan qismi shu omillarga qarab uning egalari o‘rtasida taqsimlanadi.

Sey va Klarklardan tashqari ayrim oqimlar, masalan lassalchilar mehnat hamma boylikning va madaniyatning manbaidir, shuning uchun hamma daromad jamiyat a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanishi zarur, deb ko‘rsatadilar. Lassalchilar, birinchidan, boylik faqatgina mehnatning natijasi bo‘lmasdan, uni yaratishda yer (tabiat resurslari) va kapital ham qatnashishini, ya’ni uning nafliligi har uchala omil natijasi ekanligini tushuna olmadilar. Ikkinchidan, ularning yaratilgan mahsulotni barcha jamiyat a’zolari o‘rtasida teng taqsimlash zarur degan g‘oyalari mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lib, bunday holatda mahsulotni ko‘paytirishga ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hech qanday qiziqish bo‘lmasligi o‘z-o‘zidan tushunarlidir. Keyinchalik sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan sobiq Sovet Ittifoqida mahsulot va daromadlar davlat qo‘lida bo‘lib, mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi degan g‘oya hukmron bo‘ldi. Lekin bu g‘oya va uning talablari amalda bajarilmadi.
Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlar va amaliy tajribalarni hamda hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablarini hisobga olib, yaratilgan mahsulotni taqsimlashning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatishga harakat qilamiz:
a) umuman olganda mahsulotni, binobarin daromadlarni taqsimlash ham doim bir xil bo‘lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkchilik munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari, yerga esa davlat mulki mavjud bo‘lgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi bo‘lgan ishchi-xizmatchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda daromadlarning bir qismi albatta umumjamiyat umumdavlat manfaatlarini ko‘zlab ish olib boruvchi davlat ixtiyoriga kelib tushadi; b) milliy mahsulotdan eng avvalo shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab chiqarish vositalarining qiymati, aniqrog‘i, takror ishlab chiqarishni o‘z maromida olib borish uchun amortizatsiya va sarflangan boshqa moddiy vositalar summasi ajratib qo‘yiladi, chunki bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini
(asosiy kapitalni) qayta tiklash uchun zarurdir;

  1. undan keyin turli xil tabiiy ofat va favqulodda hodisalarning ta’sirini bartaraf qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni bir maromda to‘xtovsiz amalga oshirishni kafolatlash uchun sug‘urta fondlari, qariyalar, bolalar, nogironlar va turli boshqa kam ta’minlangan oilalarni himoya qilish uchun nafaqa hamda ijtimoiy himoya fondlariga ajratiladi;

  2. davlatni boshqarish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining tinch hayotini va mehnatini qo‘riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta’lim tizimini, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu ajratmalar ko‘pdan-ko‘p davlat soliqlari tarzida amalga oshirilib, davlat budjetiga tushuriladi va u yerda qayta taqsimlanib turli yo‘nalishlar xarajatiga yo‘naltiriladi).

Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, yer egalari va ishchi kuchi egalari o‘rtasida belgilangan tartib qoidalar asosida taqsimlanadi va jamiyat a’zolarining ixtiyoriga kelib tushadi. Chunki bu jarayon natijasida ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa omillar egalari – mulkdorlarning mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularning omilli daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi daromad turlari ko‘rinishini oladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin