12.1-jadval.
Mamlakatimizda bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik ish
haqining darajasi (ming so‘mda)1
Ko‘rsatkichlar
|
2012
|
2013
|
2014
|
2017
|
2018
|
2019
|
Respublika bo‘yicha jami*
|
1078,4
|
1203,1
|
1366,9
|
1453,2
|
1822,0
|
2324,2
|
Sanoat
|
1599,7
|
1907,1
|
2183,9
|
2091,7
|
2731,1
|
3310.2
|
Qurilish
|
1510,9
|
1853,3
|
1988,8
|
1808,4
|
2297,3
|
2761,2
|
Transport va aloqa
|
1496,5
|
1649,1
|
1855,4
|
2222,1
|
2927,3
|
3464,2
|
Savdo va umumiy ovqatlanish
|
1436,1
|
1642,3
|
1804,0
|
1650,7
|
1990,3
|
2469,8
|
Uy-joy kommunal xo‘jaligi,
|
|
|
|
|
|
|
aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishning noishlab chiqarish turlari
|
889,2
|
1047,2
|
1272,1
|
1035,3
|
1260,4
|
1753,4
|
Sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va ijtimoiy ta’minot
|
827,1
|
851,7
|
958,3
|
980,8
|
1173,1
|
1534,3
|
Ta’lim, madaniyat, san’at, fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish
|
919,9
|
935,7
|
1057,2
|
1263,6
|
1396,4
|
1841,2
|
Moliya, kreditlash va sug‘urtalash
|
1213,6
|
1838,3
|
2164,3
|
2694,1
|
3500,5
|
4798,4
|
*Xususiy tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligini hisobga olmagan holda
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2012 yilda Respublikamizda o‘rtacha ish haqi darajasi 1078,4 ming so‘mni tashkil qilib, shundan sanoat (1599,7 ming so‘m), qurilish (1510,9 ming so‘m), transport va aloqa (1496,5 ming so‘m), savdo va umumiy ovqatlanish (1436,1 ming so‘m) va moliya kreditlash va sug‘urta (1213,6 ming so‘m) tarmoqlarida o‘rtacha ish haqi darajasidan yuqori bo‘lgan bo‘lsa, boshqa tarmoq va sohalar Respublikamiz o‘rtacha ish haqi darajasidan past bo‘lgan. 2019 yilda bu ko‘rsatkichlar Respublika bo‘yicha o‘rtacha ish haqi darajasi 2324,2 ming so‘mni tashkil qildi, shundan sanoat (3310,2 ming so‘m), qurilish (2761,2 ming so‘m), transport va aloqa (3464,2 ming so‘m), savdo va umumiy ovqatlanish (2469,7 ming so‘m), moliya kreditlash va sug‘urta (4798,4 ming so‘m) tarmoqlaridagi ish haqi darajasi respublika o‘rtacha ish haqi darajasidan yuqori qo‘rsatkichga ega bo‘lib, boshqa tarmoqlarda esa bu ko‘rsatkich respublika o‘rtacha ish haqi darajasidan kam bo‘ldi.
12.3. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari
Ishlab chiqarishning texnik asoslari, ishchilar mehnatining mazmuni, ularga bilim berish va kasb-hunarga o‘rgatish borasidagi o‘zgarishlar munosabati bilan ish haqi shakli va tizimlari ham o‘zgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli – vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to‘lanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini miqdoran aniq hisoblab bo‘lmaydigan, balki ular muayyan vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to‘lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog‘liq bo‘lmagan paytlarda (masalan, konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo‘llaniladi. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab to‘lanadigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun to‘lanadigan ish haqi miqdori tarif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish me’yoriga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Ish haqi tizimi o‘z ichiga haq to‘lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari majmuini oladi. Jumladan:
to‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimi; - ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi;
ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi.
Dostları ilə paylaş: |