Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə209/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
Barchamizga ma’lumki, mustaqillik davrigacha O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq ittifoq iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xomashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga butunlay qaram bo‘lgan, izdan chiqqan, mo‘rt va nochor iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi.
Eng yomoni shundaki, O‘zbekiston iqtisodiyoti, asosan, xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgan biryoqlama rivojlanish holiga tushib qolgan bo‘lib, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. Buning oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat va inson salohiyatiga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi1.
Mustaqillik yillarida yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, energetika, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi
iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, modernizatsiyalash, yangilash, diversifikatsiyalash, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni shakllantirish va mustahkamlash sari harakat natijalaridir.
Mamlakatimizda mustaqil amal qiladigan bozor iqtisodiyotining
infratuzilmalari: savdo, bozor, birja, moliya, bank, kredit, soliq, sug‘urta, bojxona tizimlari va boshqa qator funksional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi. Shunday qilib, O‘zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllantirildi.
“Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda”2.
Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.
Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Makrodarajada qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi quyidagilar o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi:

  • mavjud ishlab chiqarish resurslari;

  • resurslarning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi;

  • iqtisodiy subyektlarning ishlab chiqarish hajmlari;

  • milliy mahsulotning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari.

Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda rasm orqali

Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liq holda mutanosibli rivojlanishi taqozo qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanganlik darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning yer maydonlari va infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.
Milliy iqtisodiyotni barqaror va samarali rivojlantirish o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, u uzoq muddatli, har tomonlama o‘ylab olib boriluvchi iqtisodiy siyosatga asoslanadi. Chunki, iqtisodiy rivojlanishda turli beqarorlik holatlari, inqirozlar ruy berib turadi. Jumladan, 2008 yilda AQShda boshlangan va hamon uning ta’siri sezilib turgan jahon-moliyaviy iqtisodiy inqirozi ham milliy iqtisodiyotimizga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Bunday ta’sir quyidagi holatlarda aniq namoyon bo‘ldi:
birinchidan, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlar (qimmatbaho va
rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqalar)ning jahon bozoridagi narxlarining keskin tushib ketishi natijasida eksportdan olinadigan daromad hajmining pasayib ketishi; ikkinchidan, umuman dunyo bozoridagi talabning keskin tushib ketishi
oqibatida mahsulot sotish hajmining qisqarishi; uchinchidan, jahondagi investitsion faollikning pasayishi natijasida uzoq muddatli investitsion loyihalarimizni amalga oshirish muddatlarining kechikishi va h.k.
Milliy iqtisodiyotimizning barqaror va muvozanatli rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ushbu holatlarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning oldini olish va ta’sir oqibatlarini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar evaziga iqtisodiyotimizning yuqori o‘sish sur’atlari saqlab qolindi1.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida iqtisodiyotning o‘zaro aloqada va ta’sirda harakat qiladigan sohalari, tarmoqlari, hududiy tuzilmalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo‘jalik tizimidir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini, bank, moliya, sug‘urta, soliq, bojxona tizimlarini o‘z ichiga oladi.
Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bilan birgalikda jahon iqtisodiyotini ham o‘z ichiga oladi. Bu yerda ko‘proq milliy iqtisodiyot haqida so‘z yuritib, jahon xo‘jaligi to‘g‘risida keyingi boblarda alohida to‘xtalib o‘tamiz. Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat aholisining doimiy ravishda o‘sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini obyektiv ravishda aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  1. asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati va harakatini obyektiv aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;

  2. mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondashuv;

  3. iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning obyektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;

  4. makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisodiyotini obyektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o‘ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;

  5. ishlab chiqarishni aholi daromadlari va iste’moli darajasini o‘stirishga yo‘naltirish;

  6. aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona manbai bo‘lib mamlakatdagi barcha ishchi kuchlarini ish joylari hamda ular daromadlarining oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tushunish.

Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot va uning tarkibiy qismlari harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi. Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan samarali foydalanish darajasini, iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik va muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), aholi daromadlari (AD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin