Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Milliy mahsulot hajmini daromadlar summasi bo‘yicha hisoblash



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə219/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Milliy mahsulot hajmini daromadlar summasi bo‘yicha hisoblash

1. Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari
+

1. Daromad bilan bog‘liq bo‘lmagan sarf va to‘lovlar
a) amortizatsiya, b) egri soliqlar +

2. Tadbirkorlarning investitsion sarflari +

2. Ish haqi +

3. Tovar va xizmatlarning davlat xaridi +

3. Renta to‘lovlari +

4. Chet elliklar sarfi +

4. Foiz +

5. Notijorat muassasalari sarfi +

5. Foyda

6. Moddiy aylanma vositalar zahirasidagi o‘zgarishlar =

=

YaIM

YaIM

YaIMni mazkur usul bo‘yicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar summasi ham qo‘shiladi. YaIMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo‘yicha yondashuvning asosiy tarkibiy qismlarini 14.2-jadval orqali o‘zaro taqqoslash mumkin.
YaIMni hisoblashda uning tarkibiga kirgan daromadlarning alohida turlarini batafsil qarab chiqamiz. Amortizatsiya ajratmasi shu yil ishlab chiqarilgan mahsulot (YaIM) qiymati tapkibiga ishlab chiqarish xapajatlari sifatida kirib, mahsulot sotilishi natijasida pul shaklidagi daromad sifatida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hisobida to‘planib boradi.
Egri soliqlar korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlari hisoblanadi va shu sababli mahsulot narxiga qo‘shiladi. Bunday soliqlar aksiz to‘lovlari, sotishdan olinadigan soliqlar, mulk solig‘i, litsenziya va bojxona to‘lovlarini o‘z ichiga olib, davlat budjetida daromad sifatida namoyon bo‘ladi.
Daromadlarning eng muhim turi bo‘lgan ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to‘lanadi. U ish haqiga ko‘plab qo‘shimchalar, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va nafaqa ta’minotining har xil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa turli mukofot hamda imtiyozlarni o‘z ichiga oladi. Ish haqi va unga qo‘shimchalar ham ishchi kuchini taklif qiluvchilar uchun daromadning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi va shu sababli aholi daromadlarining muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
Renta to‘lovlari iqtisodiyotni resurslar (kapital, yer) bilan ta’minlovchi uy xo‘jaliklarining oladigan daromadi hisoblanib, korxona xapajatlari tapkibiga kipadi
(er davlat mulki bo‘lsa renta davlat ixtiyoriga, budjetga borib tushadi va budjet daromadi hisoblanadi).
Foiz pul kapitali egalariga pul daromadi to‘lovlaridan iborat. Bunda davlat tomonidan amalga oshiriladigan foizli to‘lovlar foizli daromadlar tarkibidan chiqariladi.
Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga bo‘linadi: bir qismi mulkiy daromad va boshqa qismi esa korporatsiyalar foydasi deyiladi.
Shunday qilib biz YaIM ni hisoblashning uch xil usulini ko‘rib chiqdik. Lekin ta’kidlash joizki, ularning hech biri YaIM va uning o‘sishini aniq qilib hisoblab bera olmaydi, ular takomillashtirishga muxtoj.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin