Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə222/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xufyona iqtisodiyot – YaIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud?

  2. Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular iqtisodiyotning qanday ko‘rinishlari uchun xos ekanligini izohlang.

  3. Milliy hisoblar tizimining mohiyati nimada? U o‘z ichiga qanday ko‘rsatkichlarni oladi.

  4. Makpoiqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o‘ynaydi?

  5. YaIM va SIM bip-bipidan nima bilan farqlanadi? SIM va milliy daromadchi?

  6. Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering.

  7. YaIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat.

  8. Nominal va real YaIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini ko‘rsating.

  9. Agar joriy yildagi nominal YaIM hajmi 700 mlrd. so‘mga, narx indeksi 1,5 ga teng bo‘lsa, real YaIM hajmi qancha bo‘ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng bo‘lsa-chi?

  10. Sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichining mohiyati hamda hisoblash tartibini tushuntirib bering.

15-bob. YALPI TALAB VA YALPI TAKLIF
Mazkur darslikning 7-bobida talab va taklif tushunchalari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillar, shuningdek, talab va taklif qonunlari hamda ular o‘rtasidagi muvozanatlik masalalari bayon etilib, unda talaba va o‘quvchilarning tushunishini osonlashtirish maqsadida ushbu masalalar tovar va xizmatlarning alohida olingan turlari bo‘yicha ko‘rib chiqilgan edi. Milliy iqtisodiyot yaxlit holda, ya’ni makroiqtisodiyot darajasida o‘rganilayotgan jarayonda mamlakat barcha fuqarolari, tadbirkorlar, davlat va chet el iste’molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo‘yicha talabi va taklifini o‘rganish iqtisodiyotni samarali, muvozanatli va mutanosibli yuritishda muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun bu bobda makroiqtisodiy tahlil davom ettirilib, eng avvalo iqtisodiyot yaxlit olingan holda ko‘rib chiqiladi va uning makrodarajadagi asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lgan yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmuni tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillar, ular ta’sirida narxlar darajasining o‘zgarishi hamda ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday o‘rnatilishi bayon etiladi. Yalpi talab va yalpi taklifning hajmi, turlari va sifati bo‘yicha bir-birligiga mos kelishi, ularning muvozanatligi, bu muvozanatlikning o‘zgarishi va uning sabablari bayon etiladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin