16.2-rasm. Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri1 Iste’mol va jamg‘arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator obyektiv va subyektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ob’ektiv omillar alohida iste’molchining ixtiyoriga, idrokiga bog‘liq bo‘lmagan omillardan iborat bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
barcha xo‘jaliklar tomonidan jamg‘arilgan mol-mulk darajasi;
narxlar darajasi;
real foiz stavkalari;
iste’molchining qarzdorligi darajasi;
iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi.
Sub’ektiv omillar, asosan, iste’molchining o‘ziga, uning ruhiyati va bozordagi xatti-harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar qatoriga iste’mol va jamg‘arishga bo‘lgan moyillik, kelgusidagi narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi darajasining o‘zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin. Turli omillar ta’sirida iste’mol va jamg‘arma darajasining o‘zgarishini shartli ma’lumotlar asosida tuzilgan quyidagi jadval orqali ko‘rib chiqamiz (16.1-jadval).
Jadvaldan ko‘rinadiki, yillar davomida sof daromad hajmi oshib borishi bilan uning iste’mol va jamg‘armaga sarflanishi o‘rtasidagi nisbat o‘zgarib bormoqda. Iste’molchilarning daromadlari qanchalik o‘sib borgan sari ularning jamg‘armaga bo‘lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi. Buni iste’mol va jamg‘armaga bo‘lgan o‘rtacha va keyingi qo‘shilgan moyillik ko‘rsatkichlari orqali ham kuzatish mumkin.
16.1-jadval Iste’mol va jamg‘arma darajasi, mlrd.so‘m (shartli raqamlar asosida)1
Yillar
Daromad darajasi
(Y)
Iste’mol
(C)
Jamg‘arma
(S)
Iste’molga o‘rtacha moyillik
(S : Y)
Jamg‘arishga
o‘rtacha
moyillik
(S : Y)
Iste’molga keyingi
qo‘shilgan moyillik
(∆S : ∆Y)
Jamg‘arishga keyingi qo‘shilgan moyillik
(∆S : ∆Y)