Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


yaratilishida ishlab chiqarish omillarining roli



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə26/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

yaratilishida ishlab chiqarish omillarining roli
Demak, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil: tabiat, kapital, ishchi kuchi to‘liq qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa mehnat to‘liq , kapital qisman qatnashadi, tabiat esa umuman qatnashmaydi. Bu narsani bilish, muhim nazariy va uslubiy ahamiyatga ega bo‘lib, qiymat yoki naflilikning o‘sishida qaysi omil muhim rol o‘ynashini bilish imkonini beradi va shu bilan birga turli xil bexuda munozaralarga chek qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham ikki tomonlama tavsifi borligini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish jarayonining darajasi bir joyda to‘htab turmaydi., doimo o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi va uning natijasi ham ko‘payib boradi.
2.3. Xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarishning tarkibiy qismi sifatida
Xizmat ko‘rsatish jarayoni ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi va muhim yo‘nalishidir.
Shuning uchun ham dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish evaziga yalpi ichki mahsulot hajmini ko‘paytirish aholining turmush darajasini oshirishga erishilmoqda. Hozirgi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ishchi kuchining 70 foizdan ortig‘i ushbu sohada faoliyat yuritishmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh yalpi ichki mahsulotida xizmatlar sohasining ulushi 78 foiz, Yaponiyada 72 foiz, Germaniyada 69 foiz va
Rossiyada 60 foizni tashkil qilmoqda.1
Shu sababli xizmat ko‘rsatish sohalarining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sirini har tomonlama chuqur o‘rganish va uni intensiv rivojlantirishning aniq yo‘llarini izlab topish muhim ahamiyatga egadir.
Bu borada mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan – “Sanoat, qishloq xo‘jaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, servis va xizmat ko‘rsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi”2 – deya ta’kidlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni “2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da - “Xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy, texnologik turlarini tubdan o‘zgartirish”3 lozimligi belgilab qo‘yilishi ushbu sohaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Hammamizga ma’lumki, sobiq ittifoq davrida uning tarkibiga kiruvchi barcha respublikalar, jumladan, O‘zbekistonda ham nashr qilingan iqtisodiy adabiyotlarda xizmat ko‘rsatish sohalarida hech qanday qiymat, mahsulot va daromad
yaratilmasligi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri nazariyalar mavjud edi. O‘sha davrda ularning fikricha, faqatgina moddiy ishlab chiqarish sohalarida mahsulot yaratiladi va u barcha daromadlar, shu jumladan, jamiyat milliy daromadining asosiy manbai, deb hisoblangan. Xizmat ko‘rsatish sohasida esa hech qanday mahsulot yaratilmaydi va u jamiyatning moddiy boyligini ko‘paytirmaydi, deb o‘ylashgan.
Bunday noto‘g‘ri g‘oyaning asoschisi ingliz iqtisodchisi A.Smit bo‘lib, uning “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari” nomli asarida bu g‘oya ilgari surilgan.
Ushbu noto‘g‘ri konsepsiya faqatgina ilmiy g‘oya sifatida emas, balki ko‘pgina mamlakatlarning, jumladan, sobiq SSSRning ham iqtisodiy va statistik amaliyotining asosini tashkil qildi. Ushbu g‘oyaga asosan xizmat ko‘rsatish sohalarining mahsuloti milliy mahsulot hajmi va tarkibida hisobga olinmas edi.
Rivojlangan mamlakatlarning aksariyati ushbu konsepsiyaning noto‘g‘ri ekanligini bizdan ko‘ra ancha ilgari tushunishdi va o‘z iqtisodiy amaliyotida milliy mahsulot hajmi va tarkibini hisoblash jarayonida xizmatlar sohasining mahsulotlarini hisobga oladigan bo‘lishdi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin (1993 yildan boshlab) bosqichma-bosqich milliy hisoblar tizimiga o‘tishni boshladi va shundan keyingina YaIM tarkibida xizmatlar sohasining mahsuli hisobga olinadigan bo‘ldi.
YaIM tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasining mahsulini hisobga olishning to‘g‘ri va zarurligini tushunishda uning nazariy jihatlariga e’tibor berish muhim hisoblanadi. Ayniqsa, ko‘rsatilgan xizmatlar mahsulining ikki tomonlama tabiatini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan mahsulot boshqa buyumlashgan tovarlarga o‘xshab moddiy shaklda namoyon bo‘lmaydi. Lekin, ko‘rsatilgan xizmatlar ham huddi boshqa buyumlashgan tovarlar singari ikki tomonlama xususiyatga ega: naflilik va qiymat (almashinuv qiymati). Xizmat ko‘rsatish sohasi mahsulotining bunday ikkita hususiyatga ega bo‘lishi xizmat ko‘rsatish jarayonida unga sarflangan mehnatning ikki yoqlama xarakteridan ya’ni, mehnatning aniq va abstrakt tavsifga egaligidan kelib chiqadi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin