bilan bog‘liqligini va o‘zaro ta’siri Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, uning mutanosib va barqaror o‘sishini ta’minlash ko‘p jihatdan ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq.
Mana shu sabablarga ko‘ra, iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida umuman infratuzilmani, xususan ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Shunga ko‘ra, keyingi yillarda O‘zbekistonda ishlab chiqarish infratuzilmasini, transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va jadal ravishda rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralmoqda.
Shuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti va xukumati tomonidan iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mazkur yo‘nalishga infratuzilmaga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasida “Yo‘l-transport yanada rivojlantirish, iqtisodiy-ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish”1 vazifalari belgilangan. Bunday alohida e’tiborning bir qator sabablari bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni joylashtirish va butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratishi, mamlakatimizning turli mintaqa va hududlarida mavjud bo‘lgan boy mineralxomashyo resurslarini o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishi;
ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va omili hisoblanib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va butun iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirishi;
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, pirovard natijada aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qilishi;
infratuzilmani rivojlantirish ko‘p mehnat talab qiladigan keng ko‘lamli soha hisoblanib, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, ishchi kuchi bandligini ta’minlash, aholi daromadlari va farovonligini oshirish imkonini berishi va h.k.
Shunga ko‘ra, keyingi yillarda O‘zbekistonda ishlab chiqarish infratuzilmasini, transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va jadal ravishda rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Jumladan, zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta’minlash, shu asosda iqtisodiyotni izchil va barqaror yuksaltirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 iyundagi “Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-3794sonli Qarori hamda 2020 yil 10 yanvardagi “2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4565-son Qarori asosida “2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” qabul qilingan.
Ushbu dastur asosida avtomobil yo‘llari, ko‘priklar hamda yo‘l o‘tkazgichlarini va boshqalarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlarni o‘z ichiga oladi. Dasturni amalga oshirish uchun jami 48598,9 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Bu chora-tadbirlarning barchasi pirovardida mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal sur’atlar bilan o‘sishi uchun zamin yaratadi.