20.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning xususiyatlari Ishchi kuchi – bu insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida faqatgina ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda eng avvalo ishchining mehnat qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning ovqatlanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi. Bu esa ishchi uchun oila, uy-joy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, ishchi va xizmatchilarning hozirgi avlodi ma’lum vaqt o‘tishi bilan qariydi. Ularning o‘rinlarini bosadigan o‘rinbosarlar ham tayyorlanishi lozim bo‘ladi. Buning uchun esa ishchining oilasi, farzandlari bo‘lishi lozim, ularning o‘sib-ulg‘ayishi, o‘qishi, zamon talabiga javob beradigan ishchi kuchi sifatida kamol topishi uchun ham shart-sharoit bo‘lishi zarur.
Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnatga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni uning yoshi va mehnatga bo‘lgan qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan to pensiyagacha (60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar) bo‘lganlar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa sohalarda band bo‘lgan pensionerlar ham ishlashi mumkin.
Ishchi kuchining sifati uning tarkibining zamon talablari jihatidan ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiqligi darajasini namoyon etadi. Ishchi kuchining sifati uning ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, malaka, ish tajribasi darajalari kabi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashib borishi bilan ishchi kuchining sifatiga bo‘lgan talab ham ortib boradi.
Hozirgi davrda ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan va ishlashga tayyor bo‘lib, ish izlab turgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo‘jaligida, boshqa har xil ishlarda band bo‘lganlar potensial qismi hisoblanadi. Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta’minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar o‘rtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan to‘la va samarali band bo‘lishini ta’minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham o‘z ichiga oladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “... hamma ham tadbirkor bo‘la olmaydi. Shu sababli bunday odamlar bilan tizimli ish olib borib, ularni kasbga qayta tayyorlash orqali ularni munosib ish joyi bilan ta’minlash lozim”1.
Ishchi kuchi yoki mеhnat qobiliyati har qanday tovar kabi to‘rtta faza orqali
Ishchi kuchini ishlab chiqarish (shakllantirish) jarayoni, ya'ni ishchini tayyorlash maktabgacha ta'lim muassasida boshlanib, o‘rta maktab, akadеmik litsеy, kasb-xunar kollеji, oliy o‘quv yurti, qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti, ish joylaridagi stajirovkalar va boshqalarda davom etadi.
Ishchi kuchini taqsimlash va ayirboshlash jarayoni ishchi kuchi bozorida ijtimoiy shеriklik institutining uch subyеktlari – ish bеruvchi, ishchi va davlat ishtirokida, shuningdеk, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorlik obyеktida (ishga yollash, boshqa ishga o‘tkazish, ishdan bo‘shatish, ishchi kuchini almashish qiymati va hokazo) kеlishib olinadi.
Ishchi kuchining istе'moli (foydalanish) bеvosita ish joyida, muayyan ijtimoiy zaruriy mahsulotlar, xizmatlar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqalarni ishlab chiqarish bilan birga olib boriladigan mеhnat jarayonida amalga oshiriladi.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (24.01.2020) // Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 dеkabr.
Мамарахимов Б.Э. Теоретические аспекты воспроизводства рабочей силы // Экономика и
предпринимательство. № 7 (120) 2020 г. c. 1124
Shuning uchun mеhnat jarayoni ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning to‘rtinchi bosqichi - undan foydalanish fazasidagina amalga oshadi.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish ba’zan ilmiy adabiyotda «aholi nufusini takror ishlab chiqarish» tushunchasi bilan bog‘liq holda ham ishlatiladi. Robert Maltus tomonidan «Nufus» atamasi asosan aholining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tavsiflarini bayon etishda qo‘llanilib, bunda nufus qonuni ahamiyatli o‘rin tutadi.