Faktoring – boshqa iqtisodiy subyektlarning qarzdorlik bo‘yicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari. Bunda bank korxonalarning «debitorlik hisob varaqalari»ni o‘zi uchun foydali shartlar asosida naqd pulga sotib oladi, keyin esa bu qarzlarni qarzdordan undirib oladi.
Forfeyting – faktoring munosabatlarining uzoq muddatli shakli. Bunda qarzdorlik bo‘yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o‘tgandan so‘ng undirishi mumkin bo‘ladi.
Trast – bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo‘yicha operatsiyalar majmui. Kredit berish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
ssudaning moddiy ta’minlanganligi va to‘lovliligi.
Qarzga berilgan ssudaning albatta qaytarilib berilishi, undan foydalanilganlik uchun olingan foydadan ssuda foizini to‘lash zarurati korxonalarni xo‘jalik yuritishning eng samarali usullarini izlab topishga undaydi.
Qarzga (ssudaga) berilgan pul hisobiga olinadigan daromad foiz yoki foizli daromad deyiladi. Shu daromad (foiz)ning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanishi foiz stavkasi yoki foiz normasini tashkil qiladi: r r 100
Kssuda , bu yerda:
r’ – foiz normasi; r – foiz summasi;
Kssuda – qarzga berilgan pul (kapital) summasi.
Agar 100 ming so‘m yiliga 20 ming ssuda foizi to‘lash sharti bilan qarzga berilgan bo‘lsa, ssuda foizi normasi 20% ni tashkil qiladi.
22.4. Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta’minlashda banklar muhim rol o‘ynaydi. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo‘lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi.
Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo‘lib, o‘z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.