Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə313/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

22.2-jadval
O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy ko‘rsatkichlari
(o‘tgan yilning mos davriga nisbatan narxlarning o‘sishi, foizda)1

Yillar

Oziq-ovqat tovarlari

Nooziq-ovqat tovarlari

Xizmatlar

2011

6,6

4,8

14,2

2012

5,1

4,3

16,5

2013

3,9

7,4

13,8

2014

2,2

7,3

11,3

2015

1,3

8,8

10,7

2016

2,5

7,2

9,6

2017

9,4

10,3

7,2

2018

14,1

10,4

14,8

2019

16,7

10,8

15,0

Inflyatsiyaning maxsulotlar guruxlari bo‘yicha tarkibida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari xizmatlarga nisbatan yuqoriroq sur’tlarda o‘sdi. Xususan, 2019 yilda oziq-ovqat maxsulotlari guruhi bo‘yicha narxlar o‘rtacha 16,7 foiz (2011 yilda o‘sish 6,6 foiz)ga o‘sdi. Nooziq-ovqat maxsulotlari guruxi

1 2017 yilda Pul-krеdit sohasidagi vaziyat va monеtar siyosatning 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari // O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki xisoboti. http://www.cbu.uz/uzc/node/47130; 2018 yilda Pul-krеdit sohasidagi vaziyat va monеtar siyosatning 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari // O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki xisoboti. http://www.cbu.uz/uzc/node/47130
bo‘yicha narxlar 10,8 foiz (2011 yilda o‘sish 4,8 foiz)ga oshdi. Xizmatlar tariflarining 15,0 foizga oshishi (2011 yilda o‘sish 14,2 foiz) kuzatildi.
Kelib chiqish sabablari va o‘sish sur’atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlarini farqlash mumkin.

  1. Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o‘zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko‘paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanilgan bo‘ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Talab inflyatsiyasini quyidagi rasm orqali izohlash mumkin (22.1-rasm).

Rasmdan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi pul hajmining ko‘payishi qisqa muddat ichida yalpi talabni AD1 dan AD2 ga siljishiga olib keladi. Agar bu vaqtda iqtisodiyotning holati yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq (2) yoki tik (klassik) (3) kesmasiga mos kelsa, bu narx darajasining o‘sishiga, ya’ni talab inflyatsiyasining ro‘y berishiga olib keladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin