Qog‘oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni quyidagicha ifodalash mumkin:
qog‘oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng
bo‘ladi;
qog‘oz pulning har bir birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog‘oz pul miqdori nisbatiga mos keladi.
Qog‘oz pul tizimi amal qilib turgan davrdan buyon o‘tgan real iqtisodiy hayot shuni ko‘rsatadiki, oltin pul muomaladan chiqarilgan va qog‘oz pullarning oltin pul bilan aloqasini yo‘qotishga rasman urinilgan bo‘lsada, uning nominal qiymat belgisi sifatidagi harakatida oltin pul bilan bo‘lgan aloqasi hozirgacha obyektiv ravishda saqlanib qolgan. Faqat u modifikatsiyalashib, murakkablashib bormoqdaki, natijada uni mantiqiy mushohada qilish orqali tushunish ancha qiyinlashadi. Shuning uchun ham qog‘oz pullar har bir davlatning maxsus qonuni bilan muomalaga chiqariladi. Bu qonunda pulning belgisi, birliklari, miqyoslari va chet el valyutalari bilan rasmiy almashuv tartibi o‘rnatiladi. Ammo uning qiymat belgisi sifatida qancha qiymatga ega ekanligini hech qanday davlat qonuni bilan o‘rnatib bo‘lmaydi, u faqat obyektiv iqtisodiy qonun – pul muomalasi qonuni asosida o‘rnatiladi va amal qiladi1.
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo‘lgan pul miqdorini hisoblash uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi. Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi. Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi (22.1-jadval):