M0 – muomaladagi naqd (qog‘oz va metall) pullar.
M1 = M0 + aholining joriy hisob varaqlaridagi pul qoldiqlari, korxonalarning hisob varaqlaridagi pul mablag‘lari, banklardagi talab qilib olish mumkin bo‘lgan pul omonatlari.
M2 = M1 + tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg‘arma hisob varaqlaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi depozitlar va boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kiruvchi pul mablag‘larini bevosita bir shaxsdan boshqa biriga o‘tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish mumkin emas. Ular asosan jamg‘arish vositasi vazifasini bajaradilar.
M3 = M2 + bank sertifikatlari + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
22.1-jadval. Pul agregatlari dinamikasi (mlrd. so‘m)1