Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə311/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

1

2=3+8

3=4+7

4=5+6

5

6

7

8

01.02.2013

23 669

18 137

12 589

5 766

6 823

5 548

5 532

01.01.2014

28 376

22 594

15 870

7 424

8 447

6 723

5 782

01.01.2015

32 698

26 862

19 818

9 058

10 760

7 045

5 836

01.01.2016

40 642

34 576

23 644

10 655

12 989

10 932

6 067

01.01.2017

50 227

41 470

27 955

13 209

14 746

13 515

8 758

01.01.2018

70 816

45 117

33 142

19 449

13 694

11 974

25 699

01.01.2019

80 165

54 896

38 593

22 164

16 429

16 303

25 269

01.01.2020

91 266

62 786

42 670

24 246

18 424

20 116

28 480

Bundan ko‘rinadiki, pul massasining har bir alohida agregati o‘zining likvidligi darajasiga ko‘ra farqlanadi. Likvidlik – bu turli aktivlarning o‘z qiymatini yo‘qotmasdan (ya’ni eng kam xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd pulga aylana olish qobiliyatidir. Metall (tanga) va qog‘oz pullar eng yuqori likvidlikka ega bo‘ladi. Mijoz o‘zi istagan vaqtida olishi mumkin bo‘lgan bank hisob varaqalaridagi pul omonatlari ham likvidli hisoblanadi. Pul massasi tarkibiga to‘lov vositasi vazifasini bajarish layoqati pastroq bo‘lgan aktivlar qo‘shilib borishi bilan, ularning likvidlik darajasi ham pasayib boradi. Naqd pullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida umumiy pul massasining 9-10 foizini, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida 35–40 foizni tashkil qiladi.
Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag‘lariga bo‘lgan talab va pul taklifining o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi – bu bozorda pul sifatida muomalada bo‘lgan turli-tuman moliyaviy mablag‘lar, ya’ni pul agregatlari yig‘indisi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan qismida “ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash”1 kuzda tutilgan.
Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni hosil qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin. To‘g‘ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o‘rnatiluvchi majburiy zaxira me’yorlari orqali cheklanadi. Ya’ni, tijorat banki o‘zining joriy xarajatlarini qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish maqsadida ma’lum miqdordagi pul mablag‘larini zaxira sifatida saqlashi lozim. Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so‘ng yana bankka qaytishi hamda majburiy zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mumkin. To‘xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi.
Pul taklifi multiplikatori – bu bankdagi pul depozitlari qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmining majburiy zaxiralar qo‘shimcha hajmiga nisbati bo‘lib, pul mablag‘larining bir birlikka ko‘payishi iqtisodiyotdagi pul taklifining qanchaga o‘sishini ko‘rsatadi:
MRs m 1 r ,
mёки


bu yerda:
m – pul taklifi multiplikatori koeffitsienti;
Ms – bankdagi pul depozitlarining qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmi; R – majburiy zaxiralar qo‘shimcha hajmi; r – majburiy zaxiraning foizdagi me’yori.
Masalan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxira me’yori 20%ni tashkil etsin. Agar tijorat bank aktivi 100 mln. so‘m deb olsak, u holda pul taklifi multiplikatori 5 ga teng bo‘ladi (100 mln. so‘m/20 mln. so‘m). Bu esa tijorat
banki 500 mln. so‘m hajmida (100 mln. so‘m x 5) yangi pullarni muomalaga chiqarish imkoniga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Pulga talab ikki qismdan iborat bo‘lishi mumkin: ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pulga bo‘lgan talab hamda aktivlar sotib olish uchun zarur bo‘lgan pulga talab.
Ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pulga bo‘lgan talab aholining kundalik shaxsiy ehtiyojlari, korxonalarning ish haqi to‘lash, material, yoqilg‘i va shu kabilarni sotib olish uchun kerak bo‘lgan pul miqdorini ifodalaydi. Ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori biz yuqorida ko‘rsatgan formula bilan aniqlanadi. Ushbu formulaga asosan aholi va korxonalarga ikki holda ayirboshlash uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda.
Kishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishlari mumkin. Demak, aktivlar tomonidan, ya’ni investitsiyalar uchun pulga talab ham mavjud bo‘ladi.
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va ayirboshlash uchun pulga bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin