Mulkchilik huquqlari esa mulk subyektining mulk obyektiga nisbatan munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir:
Mulk subyektlari ko‘p darajali bo‘lib, shu subyektlardan birontasi o‘zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi.
3.4. Mulkchilikning turli shakllari va ularning mazmuni Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o‘z ichiga davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo‘jaligi va shaxsiy tomorqa xo‘jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. Shu sababli «O‘zbekiston
Respublikasining mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk (3.2-rasm).
3.2-rasm Mulkchilik shakllarining tasniflanishi
Mulkchilik shakllari Jamoa mulki – Davlat mulki – Xususiy mulk – Shaxsiy mulk –
muayyan maqsad o‘z vazifalarini ayrim kishilar va fuqarolarning shaxsiy yo‘lida turli bajarish guruhlarga tеgishli yoki oilaviy mеhnat
ko‘rinishdagi maqsadida davlat bo‘lib, yollanma orqali shakllangan va jamoalarga birlashgan tomonidan mеhnatdan ularning ehtiyojlarini
kishilar tomonidan o‘zlashtiriluvchi foydalanib qmulk bondirishga o‘lib, daromad qaratilgan birgalikda turli vosita va daromad topishga istе'mol buyumlari va o‘zlashtiriluvchi nе'matlar qaratilgan mulk ishlab chiqarish vosita va nе'matlar vositalaridan iboratdir.
Aralash mulk – turli Yakka tartibdagi Korporativ xususiy mulk – mulk shakllaridan tashkil xususiy mulk – ma'lum maqsad yo‘lida o‘zaro
topib, shunga muvofiq alohida olingan birlashgan mulkdorlar
tarzda o‘zlashtiriluvchi mulkdor tomonidan mablag‘iga asoslangan vosita va nе'matlar o‘zlashtiriluvchi korxonalar tashkil etish orqali vosita va nе'matlar o‘zlashtiriluvchi vosita va
nе'matlar
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.