Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Resurslarni taqsimlashning samaradorligi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə79/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg‘unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

  • Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi.

    Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo‘lib alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish hisoblanadi.
    Bunday uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi – markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo‘llash bo‘lsa, ikkinchisi – bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.

    1. Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki xo‘jasizlik, sustkashlik, beg‘amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.

    Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan:

    • uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko‘nikishining yuqori darajasi;

    • fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati;

    • turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;

    • buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;

    • cheklangan axborot – turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.

    Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga xos kamchilik va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati shundan iboratki, u o‘zining bosh nazorat mexanizmi — raqobatning
    kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yadi va hatto buni rag‘batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:

    1. bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o‘z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo‘lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo‘shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, raqobatlashuvning noqonuniy usullari (masalan, jismoniy kuch ishlatish, zo‘ravonlik, tazyiq o‘tkazish va h.k.) ni qo‘llash – bularning barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining pasayishiga olib keladi;

    2. bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‘lishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozorning tarkib topishini; g) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo‘llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.

    Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyojli tovarlar bilan ta’minlanishiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham putur yetkazadi. Bozor tizimi o‘zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslarni taqsimlash layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin.
    Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog‘liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.
    Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘ladi.
    Tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni orqali namoyon bo‘ladi.
    Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik yoki salbiy jihatlari ham mavjud:

    • atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;

    • resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining

    yo‘qligi;

    • mehnat qilish bilan bog‘liq kafolatlarning mavjud emasligi;

    • fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko‘maklashuvning yo‘qligi;

    • rivojlanishning beqarorligi, inqirozli holatlarning bo‘lib turishi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik darajasining oshishi kabi holatlarining mavjudligi.

    Shuningdek, 2008 yilda AQSh ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan hamda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, avval iqtisodiyotning moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko‘p tomondan bozor iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta’siri bilan bog‘liq. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bozorning o‘zini-o‘zi tartiblash mexanizmini mutlaqlashtirish va bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman e’tibor qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro‘y berishiga olib keldi. O‘zbekistonda davlat tomonidan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tartibga solish jarayonlariga doimiy e’tibor qaratilib, zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi.

    Yüklə 3,83 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   400




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin