Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Savdo yarmarkasi – muayyan belgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi hamda o‘tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə88/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Savdo yarmarkasi – muayyan belgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi hamda o‘tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari o‘rtasida tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi.
Savdo uyi – o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyimkechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug‘ullanadi. Savdo uylari o‘z nomidan va ko‘pincha o‘z hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug‘urta xizmati ko‘rsatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi.
Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o‘z mulki va mablag‘lari hisobidan sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketlardan iborat bo‘ladi.
Supermarket – bu xaridorning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli barcha turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga yetkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi.
Qo‘lga kiritilgan yutuqlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, avvalambor, tizimli demokratik bozor islohotlarini joriy etish, iqtisodiy liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarini izchil davom ettirish — bularning bari muvaffaqiyatlarning asosiy omilidir. E’tiborli jihati, yalpi ichki mahsulotning muttasil o‘sishi an’anaviy xom ashyo tarmoqlari yoki bo‘lmasa, jahon bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xom-ashyo hamda materiallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, aksincha, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish evaziga ta’minlanmoqda.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish natijasi o‘laroq, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, qayta ishlangan hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlarni ko‘paytirish barcha tarmoq va sanoat korxonalarining tashqi bozordagi pozitsiyasini mustahkamlash imkonini bermoqda.
Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo‘lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o‘rnatadi. Moliyaviy muassasalarning aksariyati o‘ziga xos belgilar bilan bir qatorda yagona umumiy belgiga ham ega. Bu ular faoliyatining doimo moliyaviy majburiyatlar bilan bog‘liqligidir. Ya’ni, moliyaviy muassasalar subyektlarning ortiqcha pul mablag‘larini jalb etib, o‘z nomidan moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj sezgan subyektlarga pul qarz beradi.
Bozor infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o‘ziga xos o‘ringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o‘rni bilan keyingi boblarda batafsil tanishamiz.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin