Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə91/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Auksion – alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.
Savdo yarmarkasi – muayyan belgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi hamda o‘tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi.
Savdo uyi – o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi.
Supermarket – bu xaridorning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar

  1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari nimalardan iborat?

  2. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlari va farqlarini tushuntirib bering.

  3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari nimalardan iborat?

  4. Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari kimlar va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar qay tarzda kechadi?

  5. Bozor tushunchasining ta’rifini bering va uning asosiy vazifalarini ko‘rsating.

  6. Bozorni turkumlashda qanday mezonlar asos qilib olinadi? Ularni sanab ko‘rsating.

  7. Etuklik darajasiga qarab bozorning qanday turlari ajratiladi?

  8. Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorning qanday turlarini ajratish mumkin?

  9. Hududiy jihatdan bozorning qanday turlari mavjud?

  10. Bozor infratuzilmasi nima? Uning tarkibiy qismlari va asosiy unsurlariga ta’rif bering.

6-BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISH DAVRI VA UNING
O‘ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATLARI
Tarixdan bizga ma’lumki, bir-biridan keskin farq qiladigan bir tizimdan ikkinchisiga o‘tish jarayoni ma’lum o‘tish davrini taqozo qiladi. Shuningdek, markazlashgan ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan voz kechib, bozor munosabatlarini shakllantirishda ham maxsus o‘tish davri zarur bo‘lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu bobda o‘tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari bayon qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirishning mazmuni, maqsadi va asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, bozor munosabatlariga o‘tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o‘zgartirishi, keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiyalashni amalga oshirish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish kabi strategik vazifalarni amalga oshirish yo‘llari tahlil qilinadi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin