Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə216/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Uchinchi bosqich (1953 yil) ikkinchi jahon urushidan keyingi davrni o‘z ichiga olib, davlatlar vayron bo‘lgan iqtisodiyotni tiklash, iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish ehtiyojidan kelib chiqib yondashildi. Ushbu bosqichda BMT Statistika komissiyasi tomonidan MHTning dastlabki andozasi MHT-1953 tasdiqlandi.
To‘rtinchi bosqichda (1968 yil) BMTning MHT-1953 andozasi ancha takomillashtirildi, olingan ma’lumotlarni taqqoslash imkoni tug‘ildi va MHTning boshqa qulay jihatlari ham ochib berildi.
Beshinchi bosqich. 1993 yilga kelib ayrim mamlakatlarda milliy hisobchilikni yuritish tartibida katta farqlar mavjudligi tufayli ularning xalqaro qiyosiy taqqoslash imkoniyati buzildi, jahon bo‘yicha ko‘rsatkichlarni umumlashtirish masalasi murakkablashdi va jahon iqtisodiyotini tahlil qilish qiyinlashdi. Shu sababli, milliy hisoblar tizimining yangi MHT-1993 andozasi qabul qilindi. Unda MHTning to‘lov balansi va davlat moliyasi statistikasi bilan o‘zaro bog‘liqliklari aniqlab olindi, MHTning bir nechta bo‘lim va boblari yangilandi, operatsiyalar va ularni hisobga olish qoidalari, yalpi ishlab chiqarish, kapital iste’moli va zaxiralari, bozor va nobozor ishlab chiqarishning nisbatlari ko‘rsatkichlarini hisoblash metodologiyasi ishlab chiqildi.
Oltinchi bosqichda MHTning yangi andozasi, ya’ni MHT-2008 yaratildi va hozirgi kunda ham amal qilmoqda. MHTning bu andozasida uning iste’molchilari uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishning ixchamligi va shaffofligini ta’minlash, iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflash, iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur tahlil qilish, moliyaviy operatsiyalarni hisobga olish usullarini takomillashtirish, uning ayrim konsepsiya va kategoriyalariga aniqlik kiritish, soddalashtirish masalalari hal qilindi.
Ettinchi bosqich 2008 yildan keyingi davrlarni o‘z ichiga olib, MHTni yanada takomillashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda.1
Shu bilan birga ta’kidlash joizki, hali bu hisoblar tizimining zaif va bo‘sh joylari anchagina bor. Masalan, unda takror ishlab chiqarishni o‘z maromida olib borishni ta’minlash nuqtai nazaridan qaraganda YaIMning muhim tarkibiy qismlarini, jumladan, amortizatsiya ajratmalari SIM, milliy daromad, zaruriy va qo‘shimcha mahsulot kabi ko‘rsatkichlarni mamlakat miqyosida, tarmoqlar va hududlar kesimida hisoblashning usullari ishlab chiqilmagan va ularni hozirgacha aniq hisobga olishning imkoni bo‘lmayapti.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari,
amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. Hozirgi vaqtda milliy hisoblar tizimi asosida YaIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin