Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə212/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

2010

2012

2014

2016

2017

2018

2019

Tarmoqlarning

























yalpi qo‘shilgan qiymati


90,8

91,3

91,4

88,8

88,5

88,8

90,9

- Sanoat

20,2

33,3

32,4

32,6

33,0

27,9

32,6

36,4

- Qishloq xo‘jaligi

30,1

19,8

19,2

18,9

18,1

34,0

31,5

28,1

- Xizmatlar sohasi

37,2

46,9

48,4

48,5

48,9

38,1

35,9

35,5

Sof soliqlar

12,5

9,2

8,3

8,6

11,2

11,5

11,2

9,1

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasida “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish”1 vazifasi belgilanib, uni amalga oshirish jarayoni jadallik bilan olib borilmoqda.
Yalpi ichki mahsulotning barqaror o‘sishini ta’minlashda uni to‘g‘ri hisoblash muhim ahamiyatga ega. Uning hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun esa mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi takror hisoblarga yo‘l qo‘yilmasligi zarur. YaIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta takror hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, hozirgi davrda iqtisodiyotning barcha korxona va tarmoqlaridagi qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi hisobga olinadi.
Qo‘shilgan qiymat – bu korxonalar yalpi mahsulotidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangandan qolgan qismidir.
YaIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovapd tovarlar va xizmatlarning hajmi agar bozor narxida hisoblansa, uning summasi tovarning o‘zi yoki uning nafliligi ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga hajmi oshib ketishini ko‘rsatadi. Bu yolg‘on tasavvur aldamchi ko‘rsatkichga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yalpi ichki mahsulotga baho berishda nominal va real mahsulot alohida hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan mahsulot nominal ichki mahsulot, o‘zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan ichki mahsulot esa real yalpi ichki mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YaIM qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda o‘zapo taqqoslash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o‘sishi) yoki deflyatsiya (narx darajasining pasayishi) o‘rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi.
Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami narxlari summasini xuddi shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining bazis davrdagi narxlari summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‘ich davri «bazis yil» deyiladi. Agar bu aytilganlarni formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:
joriy yildagi iste'mol tovar lari narxi
Narx indeksi bazis yildagi iste'mol tovar lari narxi

Amaliyotda bir qatop turli xil tovar va xizmatlar to‘plami yoki iste’mol savatining narx indeksidan foydalaniladi. G‘arb mamlakatlari va xususan AQShda bu indekslar ichida eng keng qo‘llaniladigani iste’mol narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida tipik shahar aholisi sotib oladigan, iste’mol tovar va xizmatlarining 300 turini o‘z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning umumiy darajasini hisoblash uchun YaIM narx indeksidan foydalaniladi. YaIM narx indeksi ancha keng tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat iste’mol tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YaIM narx indeksi nominal YaIMni real YaIMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. Nominal YaIM shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.
Joriy yildagi nominal YaIMni real YaIMga aylantirishning ancha oddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuli nominal YaIMni narx indeksi (NI)ga bo‘lishdir, ya’ni:
Nomin al YaIM
Re al YaIM  .

NI
Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‘rsatkichi YaIM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab beradi.
YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning o‘rnini qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatning amortizatsiya summasini ham o‘z ichiga oladi.
Mamlakat iqtisodiyotining qanchalik rivojlanganligi va samarali ekanligini aniq bilish uchun aynan shu yilda jonli mehnatning unumli harakati natijasida vujudga keltirilgan sof ichki mahsulot (SIM)

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin