YaMM va YaIMning o‘zaro farqini quyidagi rasm orqali yaqqolroq ifodalash 14.2-rasm. YaMM va YaIM o‘rtasidagi tarkibiy nisbatlar Demak, rasmdan ko‘rinadiki, mamlakat YaMM 100 trln. so‘mni (M2 va M3 shartli raqamlar yig‘indisi), YaIM esa 104 trln. so‘mni (M2 va M1 shartli raqamlar yig‘indisi) tashkil etadi.
YaMM va YaIM o‘rtasidagi u qadar ahamiyatli bo‘lmagan farq rivojlangan mamlakatlarda YaIMning taxminan ±1% ini tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy ko‘rsatkich sifatida YaIMdan foydalanishni tavsiya etadi. Yaqin vaqtlarga qadar AQSh va Yaponiyada YaMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YaIM ko‘rsatkichini qo‘llay boshladilar.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Mamlakatimizda oqilona iqtisodiy siyosat yurgizilib, taraqqiyotning o‘zbek modelida belgilangan strategik tamoyillarni izchil amalga oshirish natijasida makroiqtisodiy barqarorlik saqlanib kelinmoqda. Jumladan, YaIMning o‘sish darajasiga qaraydigan bo‘lsak, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 5,6 foizni tashkil etdi.
Olib borilgan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yildagi 20,2 foiz o‘rniga 2019 yilda 36,4 foizni, xizmatlar ko‘rsatish sohasining ulushi 37,2 foiz o‘rniga 35,5 foizni tashkil etdi.
Qishloq xo‘jaligida esa 2000 yildagi 30,1 foizdan 2019 yilda 28,1 foizga o‘zgardi (14.1-jadval).
14.1-jadval Yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibi, foizda1