Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə254/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

17.1-jadval
O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi

Yillar




Ko‘rsatkichlar




YaIM absolyut miqdori, mlrd.so‘m

YaIMning o‘sish sur’ati, %

YaIMning aholi jon boshiga o‘sishi, %

2010

61831,2

8,5

6,7

2011

77750,6

8,3

5,5

2012

96589,8

8,2

6,6

2013

118986,9

8,0

6,7

2014

144867,9

8,1

6,7

2015

171369,0

8,0

6,9

2016

198871,6

7,8

-

2017

249136,4

5,3

3,6

2018

406648,5

5,1

3,6

2019

511838,1

5,6

3,6

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
17.1-rasm va 17.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda 2010-2019 yillar davomida real YaIMning o‘sish sur’ati faqatgina absolyut miqdorda emas, balki aholi jon boshiga o‘sishi ro‘y bermoqda. Bu ko‘rsatkichni ko‘tarish uchun iqtisodiyotni jadal rivojlantirish zarur. Lekin YaIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori boshqa mamlakatlar bilan taqqoslanganda u achinarli ahvolda ekanligi ma’lum. Shuningdek, iqtisodiy o‘sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayib borishini ham anglatadi. Milliy ishlab chiqarish natijalarining miqdor jihatidan ko‘payishi va sifat jihatidan takomillashib borishi pirovardida ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining o‘ng tomonga qarab siljishiga olib keladi.
Aytaylik, 2019 yildagi milliy ishlab chiqarish hajmi (Y2019) 2018 yildagi
(Y2018)ga nisbatan o‘sdi. Bu o‘sish o‘z navbatida milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining ham kengayishiga olib keladi (17.2-rasm).
Investitsiya tovarlari
0 Y2018 Y2019 Iste’mol tovarlari
17.2-rasm. Iqtisodiy o‘sish natijasida milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi
Rasmdan ko‘rinadiki, iqtisodiy o‘sish natijasida ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot miqdori ortadi, bu esa aholi turmush farovonligining oshishiga olib keladi. Iqtisodiyot mavjud ehtiyojlarni yanada to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishning ahamiyati to‘g‘risida gapirilganda uning darajasini ham e’tiborda tutish lozim. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ahamiyatlilik darajasi turli mamlakatlar real YaIMning hajmidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Real YaIM hajmi nisbatan kichik bo‘lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati me’yordagi holat sanalishi, real YaIM hajmi juda katta bo‘lgan mamlakatlar uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati esa ahamiyatli ko‘rsatkich hisoblanishi mumkin.
Iqtisodiy o‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo‘llaniluvchi «70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko‘ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o‘sish sur’atiga bo‘lish kerak bo‘ladi.
Mamlakatimizdagi o‘sish sur’atining 4,8% darajasida YaIMni 2 baravar oshirish uchun 14 yil va 7 oy talab etiladi (70:4,8). Keyingi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atining yanada oshirilishi bu muddatning ahamiyatli ravishda qisqarishiga olib keladi. Bu qoida orqali biz faqatgina keyingi yillardagi iqtisodiy o‘sishning bashoratinigina amalga oshirishimiz mumkin. Lekin real iqtisodiyotda bu qoidadan foydalanib bo‘lmaydi. Chunki ixtiyoriy bir yilda iqtisodiy o‘sish 4,8 foizdan yuqori yoki past bo‘lgan taqdirda bu qoida buziladi.
Ijtimoiy mahsulotning o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin