Takror hosil qilinadigan resurslarga o‘rmonlar kesilgan daraxtalr o‘rniga yangilarini o‘tqazish mumkin, tuproq qoplami misol bo‘la oladi.
Takror hosil qilinmaydigan resurslarga tabiiy sharoitlarda ularni hosil qilish uchun minglab va hatto millionlab yillar talab qilinadigan neft, ko‘mir, temir rudasi va hokazolar kiradi.
Tabiiy resurslarning zahiralari iqtisodiy taraqqiy etishning juda muhim xususiyati bo‘lishiga qaramasdan ularning mavjudligi yuqori o‘sish sur’atlari va
1 П.С.Лопух, Н.Л.Стреха, О.В.Сарычева, А.Г.Шандроха. География. Страны и народы. – Минск : НИО, 2019.
– 221 с.
Insonlar xo‘jalik yuritish davomida yer qaridan ko‘mir, neft, gaz, qora va rangli metallar hamda boshqa foydali qazilmalarni qazib olishadi. Mineral resurslar ishlatilishiga qarab yoqilg‘i, rudalar (metalli), norudalar (metall bo‘lmagan) 17.4rasm.
Tabiat in’omlari o‘zlarining dastlabki ko‘rinishida tabiiy boylik bo‘lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi.
Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potensial boylik hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta’siri oqibatida real boylikka aylanadi.
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining to‘plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportning rivojlanish darajasi o‘z ifodasini topadi. Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga jamiyatning nomoddiy tavsifdagi boyliklarini ham oladi. Har bir mamlakat ixtiyorida bo‘lgan milliy boylikdan oqilona va unumli foydalanish va uni ko‘paytirib borish shu mamlakat aholisining burchi hisoblanadi.
Xulosalar Iqtisodiy taraqqiyot uning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki tomoni:
ishlab chiqaruvchi kuchlar (tabiat, kapital, ishchi kuchi) va iqtisodiy munosabatlari
(ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va istemol jarayonlarida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar)ning o‘zaro ziddiyatda bo‘lib, bir-biriga ta’siri natijasida ro‘y beradi.
O‘zbekiston siyosiy mustaqillikka erishgach bozor iqtisodiyotiga asoslangan, asta sekinlik bilan, lekin izchil amalga oshiriladigan evolyusion taraqqiyot yo‘lini tanladi va “O‘zbek modeli” nomi bilan mashhur bo‘lgan modelda belgilangan besh tamoyil asosida rivojlandi. Bu rivojlanishning xarakterli belgilari shundan iboratki:
iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari va modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgarish
jarayonlari tez sur’atlar bilan bormoqda;
barpo etilayotgan yangi tarmoqlar va yangi korxonalar fan-texnika taraqqiyotining eng so‘ngi yangiliklari va eng yangi texnologiyalar asosida tashkil
etilishi;
v) amalga oshirilayotgan modelning xalqchilligi, ya’ni unda xalqimizning
orzu-umidlari, ezgu niyatlari mujassamlangan bo‘lib, uni hamma aholimiz qo‘labquvvatlab, amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etayotganligidir.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli va ziddiyatli jarayon hisoblanib, u asosan iqtisodiy o‘sishda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot mutlaq hajmi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdorining o‘sishi hamda sifatining yaxshilanishida, tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy o‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo‘llaniluvchi «70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko‘ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o‘sish sur’atiga bo‘lish kerak bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari mavjud. Ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi orqali o‘sish ekstensiv iqtisodiy o‘sish deyiladi. Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish intensiv iqtisodiy o‘sish deyiladi.
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: taklif omillari va taqsimlash omillari. Taklif omillariga tabiiy resurslarning miqdori va sifati; mehnat resurslari miqdori va sifati; asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; texnologiya va fan-texnika taraqqiyotini kiritish mumkin. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutlaq miqdorini oladigan qilib taqsimlashga xizmat qiluvchi omillar taqsimlash omillari deyiladi.
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.