Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə261/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

MAKROIQTISODIY BEQARORLIK
Iqtisodiy jarayonlar doimo bir xil bo‘lib, bir tekisda rivojlanavermaydi. U o‘zgarib to‘lqinsimon tebranishda bo‘ladi. Bu tebranishlar siklik tavsifga ega bo‘ladi. Ushbu bobda dastlab iqtisodiy sikllarga, ya’ni bozor iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasining davriy tebranishlariga umumiy tavsif beriladi. Iqtisodiy sikl fazalari va davriy tebranishlarning sabablari, shuningdek, moliyaviy, tarkibiy va agrar inqirozlarga hamda ularning xususiyatlarini yoritishga alohida o‘rin ajratiladi.
Bob davomida vaqti-vaqti bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablari va ta’sir yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratiladi.
18.1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi
Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi.Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqtivaqti bilan obyektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
Ko‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro‘y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning obyektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtai nazaridan ahamiyatliligi to‘g‘risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks,
J.M.Keyns, Y.Shumpeter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.
Ta’kidlash lozimki, turli darslik va o‘quv qo‘llanmalarda mazkur muammoni yoritishga ham turlicha darajada yondashilgan. Jumladan, akademiklar V.I.Vidyapin, A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva vaL.S.Tarasevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng to‘xtalib o‘tilgan1. Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o‘zi esa munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo‘nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko‘rsatilgan. Siklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o‘zaro ta’sir jarayonining natijasi sifatida qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. Sikl fazalarini ajratib ko‘rsatishda markscha sanoat sikli nazariyasiga keng to‘xtab o‘tilgan. Shundan so‘ng sikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud bo‘lgan sikllar to‘g‘risidagi nazariyalar bayon etilgan.
Ba’zi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muammolariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda to‘xtab o‘tilgan1. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning fazalari bayoniga to‘xtalib o‘tamiz.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o‘zgarishning muhim ko‘rinishi, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi (18.1-rasm). Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Milliy

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin