Nufus qonuni – aholining o‘sib borishi qonunidir. Nufus qonuni aholining tabiiy harakati, ya’ni o‘lim darajasining pasayishi, hayot kechirish davomiyligining uzayishi, tug‘ilishning optimal darajaga etishi, jamiyat va alohida oilalar manfaatlari o‘zaro uyg‘unligining ta’minlanishi orqali namoyon bo‘ladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo‘lib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon bo‘ladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy o‘sishi yoki harakati hisoblanadi.
Aholining tabiiy o‘sishi – bu tabiiy o‘sish koeffitsienti bilan belgilanadi:
tug‘ilish koeffitsienti (yil davomida tirik tug‘ilgan chaqaloqlarning mavjud aholi o‘rtacha yillik soniga nisbati);
o‘lish koeffitsienti (yil davomida o‘lganlarning mavjud aholi o‘rtacha yillik soniga nisbati);
tabiiy o‘sish koeffitsienti (tug‘ilish va o‘lish umumiy koeffitsientlari o‘rtasidagi farq). Odatda bu koeffitsientlar mamlakatdagi o‘rtacha aholi soniga to‘g‘ri keluvchi miqdor sifatida baholanadi.
Mamlakatimizdagi doimiy aholi soni 2019 yil holatiga 33,9 mln. kishini tashkil etib, u o‘tgan yilga nisbatan 660,9 ming kishiga yoki 2,0% ga o‘sgan.
O‘zbekistonda aholining tabiiy harakati quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (20.1-jadval).
Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisi soni, jinsi va yoshi jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o‘z navbatida aholining tabiiy o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi.
20.1-jadval Respublikada aholining tabiiy o‘sishi (ming kishi hisobida)1