Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə280/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar

  1. Iqtisodiy muvozanat deb bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda va ta’sirda amal qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining birbiriga teng kelgan holatiga aytiladi. Butun iqtisodiyotning muvozanati to‘g‘risida gap borganda eng avvalo, yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi.

  2. Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanat o‘z ichiga xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi. Xususiy muvozanat – bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor sharoitida, avvalo, yalpi talab va yalpi taklifning qiymat va naflilik jihatdan teng kelishida ko‘rinadi.

  3. Umumiy iqtisodiy muvozanat ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishi; mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo‘jalik mexanizmi; muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi; bozor muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazolar)da talab va taklif muvozanati kabi qator shart-sharoitlarni taqozo etadi.

  4. Iqtisodiy muvozanatlik doimo bir xil holatda turmaydi, u o‘zgaruvchan bo‘lib, goh muvozanatda, goh nomuvozanat holatida bo‘lishi mumkin. U o‘zgarib tursada doimo muvozanatlikka intiladi.

  5. Iqtisodiy muvozanatlik turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masalan, umumiy, xususiy, uzoq muddatli, qisqa muddatli, makroiqtisodiy, mikroiqtisodiy va h.k. U ko‘pdan ko‘p real iqtisodiy hayotda balans ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 6. Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik, ya’ni mos keluvchi nisbatlar bo‘lib, bunda tenglik bo‘lishi shart emas. U 1:2, 3;2, 5:3, va h.k. nisbatlarda bo‘lishi mumkin.

7. Iqtisodiy mutanosibliklarning barchasini umumlashtirib umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar; tarmoqlararo mutanosibliklar; tarmoq ichidagi mutanosibliklar; ishlab chiqarish ichidagi mutanosibliklar hududiy (territorial) mutanosibliklar; davlatlararo mutanosibliklarga guruhlash mumkin.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin