Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə278/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

19.1-jadval.
Mutanosiblikning turlari, qisqacha mazmuni va aniq namoyon bo‘lish shakllari1

Mutanosiblik turlari

Qisqacha mazmuni

Aniq namoyon bo‘lish shakllari

Umumiqtisodiy mutanosiblik

Umumiqtisodiy tavsifdagi hodisa va jarayonlar, ularning turli tomonlari o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum
nisbatlardagi moslik

  1. iste’mol fondi va jamg‘arish fondi o‘rtasidagi mutanosibliklar;

  2. iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o‘rtasidagi mutanosibliklar;

  3. aholining daromadlari bilan xarajatlar o‘rtasidagi mutanosibliklar va h.k.

Tarmoqlararo mutanosiblik

Iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum
nisbatlardagi moslik

1) sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik; 2) sanoat va qurilish tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik;

  1. qishloq xo‘jaligi va transport tarmoqlari

o‘rtasidagi mutanosiblik;

  1. sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik va h.k.

Tarmoq ichidagi mutanosiblik

Iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarini tashkil etuvchi tarkibiy qism va bo‘linmalar o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum nisbatlardagi moslik

  1. sanoatning undirma va qayta ishlash tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik;

  2. qishloq xo‘jaligining dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik; 3) chorvachilikning sut va go‘sht ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi mutanosiblik va h.k.

Ishlab chiqarish ichidagi mutanosiblik

Ishlab chiqariladigan mahsulotga sarflanadigan omillarning tashkil etuvchi tarkibiy qismlar o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum nisbatlardagi moslik

  1. ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari o‘rtasidagi mutanosiblik;

  2. mahsulotni yaratish uchun zarur bo‘lgan turli qismlari o‘rtasidagi mutanosiblik va h.k.


Hududiy
(territorial) mutanosiblik

Milliy iqtisodiyotning turli hududlari o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum
nisbatlardagi moslik

  1. hududlararo kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonlarining turli fazalarining uzluksizligini ta’minlovchi nisbatlar;

  2. ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarining me’yorda amalga oshishini ta’minlovchi soha va tarmoqlarning mamlakat hududlari bo‘yicha rivojlanganlik nisbati;

  3. hududlarda tashkil etilgan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari miqdori o‘rtasidagi nisbat va h.k.

Mamlakatlararo mutanosiblik

Jahonning turli davlatlari o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum nisbatlardagi moslik

1) davlatlarning jahon hamjamiyatida tutgan iqtisodiy o‘rni va rolini namoyon etuvchi nisbatlar; 2) davlatlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki;
3) eksport va import hajmi jihatidan davlatlar o‘rtasidagi nisbat va h.k.

A.O‘rinov mavjud tan olingan (umumiqtisodiy, tarmoqlararo, tarmoq ichidagi, xududiy, davlatlararo) mutanosibliklar bilan bir qatorda ishlab chiqarish ichidagi mutanosibliklarni ham alohida ta’kidlab o‘tadi. Ushbu turkumdagi mutanosibliklar korxonalarda qo‘llanilayotgan er, kapital bilan ishchi kuchi, iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish vositalari, ya’ni texnika, texnologiya bilan xom ashyo, asosiy va aylanma kapitallar o‘rtasidagi mutanosibliklarni ifodalaydi1.
Mualliflar tomonidan amalga oshirilgan turli yondashuvlar hamda iqtisodiy mutanosiblikning yuqorida ko‘rib chiqilgan asosiy turlarini umumlashtirgan holda uning mazmuni bo‘yicha quyidagi ta’rifni shakllantirish mumkin.
Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari, tomonlari va bo‘limlari o‘rtasidagi miqdor va sifat jihatidan muayyan nisbatlardagi o‘zaro moslik bo‘lib, barqaror ravishda takrorlanib turuvchi doimo rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘ladigan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ifodalovchi umumiqtisodiy kategoriyadir. Uning talablarini hisobga olgan holda amalda qo‘llanishi iqtisodiyotning barqaror, tebranishlarsiz, inqirozlarsiz rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.
Bu iqtisodiy kategoriyaning obyektiv xarakteri shundaki, kishilar tomonidan uni mensimaslik, e’tiborga olmaslik turli xil yo‘qotishlarga, ortiqcha ishlab chiqarish va sarflarga, oxir-oqibatda iqtisodiy nomutanosiblik va inqirozlarga olib kelishi mumkin.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin