Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə274/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar

  1. Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi.

  2. Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.

  3. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan.

Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi, ya’ni: urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar; oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi; yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, yer shari aholisi sonining o‘zgarib turishi; ijtimoy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar.

  1. Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillari tug‘diradi deb hisoblaydi va quyidagi omillarni ajratib ko‘rsatadi: asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati; shaxsiy iste’molning o‘zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi); investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi; ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi.

  2. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda shuningdek sof monetar nazariya, nomonetar nazariya, etarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi, jamg‘arish nazariyasi, psixologik nazariya kabilar ham ilgari suriladi.

  3. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi. Ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari sifatida Kitchin, Juglar, Kuznets, Kondratev sikllarini keltirish mumkin.

  4. Iqtisodiy inqiroz deb asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning keskin tushib ketishiga aytiladi.

  5. 2008 yilda dastlab AQSh ipoteka bozorlarida boshlangan jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi etarlicha to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lgan qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida namoyon bo‘ldi. Aslida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining asosiy sabablari bo‘lib rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosati, ya’ni «o‘z-o‘zini boshqaruvchi bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvining cheklanganligi; moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi; noratsional pul-kredit siyosatining, hamda qayta moliyalash stavkasini surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi; moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi; qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berilishi va boshqalar hisoblanadi.

10.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining respublikamiz iqtisodiyotiga ta’siri boshqa rivojlangan va ayrim qo‘shni davlatlardagiga qaraganda mazmunan farq qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar bevosita moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarib ketishi, ko‘plab yirik korxonalarning yopilishi orqali namoyon bo‘lsa, O‘zbekistonda inqirozning iqtisodiyotga ta’siri jahon xomashyo bozorlarida eksport mahsulotlariga talabning susayishi tufayli narxlarning keskin pasayishi hamda buning oqibatida eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlar xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqarishi orqali namoyon bo‘ladi.
11. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekistonga ta’sirining jiddiy bo‘lmaganligi quyidagi yumshatuvchi omillarning mavjudligi bilan izohlanadi: ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichmabosqich amalga oshirish yo‘lining tanlanganligi; davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligining aniq belgilab olinganligi; O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi; oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi; aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi; davlatning moliyaviyiqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekanligi, ularning himoya mexanizmlarining kuchliligi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin