Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə273/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

18.4-jadval Jahon mamlakatlarining inqirozga qarshi kurashga sarflangan moliyaviy xarajatlari (2009 yil)1

Mamlakat

Moliyaviy xarajatlar, mlrd. dollar

Mamlakat YaIMga nisbatan %hisobida (2008 yil)

Rossiya

222

13,9

Buyuk Britaniya

1020

37

AQSh

3539

25

Germaniya

893

23

Yaponiya

576

12

Xitoy

570

13

Dunyo bo‘yicha

9400

15

Yevropaning yirik banklari milliylashtirildi, ya’ni davlat tomonidan sotib olindi. Inqirozdan qutqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan ko‘rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlar tartibga solinmaydigan erkin bozor haqidagi ideologik dogmani orqaga tashlab, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullaridan keng foydalana boshladilar.
Tijorat banklarini «milliylashtirish»ni nazarda tutuvchi davlat budjetidan ajratilgan mazkur investitsiya resurslari ma’lum bir davrga o‘zining ijobiy natijasini berishi mumkin.
Hozirgi vaqtda dunyo mamlakatlari tomonidan inqirozga qarshi kurash bo‘yicha yirik miqdorda moliyaviy resurslar ajratilmoqda. Ularning hajmi va yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘i inqirozning ta’sir ko‘lami va har qaysi mamlakatlarning inqirozga qarshi kurash bo‘yicha ishlab chiqqan rejalari hajmiga asoslanadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri borasida Birinchi Prezidentimiz o‘z asarlarida quyidagicha ta’kidlaydilar: «...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab etishimiz lozim – O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Biroq, o‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, moliyaviy inqirozning respublikamiz iqtisodiyotiga ta’siri boshqa rivojlangan va ayrim qo‘shni davlatlardagiga qaraganda mazmunan farq qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar bevosita moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarib ketishi, ko‘plab yirik korxonalarning yopilishi orqali namoyon bo‘lsa, O‘zbekistonda inqirozning iqtisodiyotga ta’siri jahon xomashyo bozorlarida eksport mahsulotlariga talabning susayishi tufayli narxlarning keskin pasayishi hamda buning oqibatida eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlar xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqarishi orqali namoyon bo‘ladi.
Shu bilan birga, bugungi kunda ko‘plab yetakchi olim va mutaxassislarimiz tomonidan iqtisodiyotimizda moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari ta’sirini pasaytiradigan omillar mavjudligi ta’kidlanmoqda. Ba’zi mutaxassislarning
fikricha, «hozirgi inqiroz ehtimol tutilayotgan salbiy ta’sirlardan tashqari biz uchun ijobiy ta’sirlarga ham ega bo‘lishi, yangi imkoniyatlarni vujudga keltirishi mumkin. AQSh va Yevropadagi investorlar aksiyalardan bosh tortib, o‘z aktivlarini bo‘shatmoqdalar. Mohiyatiga ko‘ra, qaytadan qandaydir ishga jalb etilishi zarur bo‘lgan resurslarni bo‘shatish jarayoni bormoqda. Demak, yangi bozorlarni, yangi imkoniyatlarni izlash boshlanadi. Investorlar kapital kiritishning muqobil yo‘llarini qidiradilar. G‘arb bozorlari turg‘unlikka yuz tutgan chog‘da rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlari o‘sishning ijobiy dinamikasini ko‘rsatadi. Shunday mulohazalardan kelib chiqqan holda, ko‘plab investorlar O‘zbekiston bozoriga e’tibor qaratishlari ehtimoldan xoli emas»1. Shuningdek, jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekistonga ta’sirining jiddiy bo‘lmaganligini qo‘yidagi omillar bilan izohlash mumkin:

  • ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lining tanlanganligi;

  • davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi

zarurligining aniq belgilab olinganligi;

  • O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi;

  • oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi;

  • aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi;

  • davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi bilan izohlanadi.

Respublikamizda doimo qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatlarga, imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etildi. Natijada milliy iqtisodiyotimizning halqaro kreditlar bozoridagi kon’yunkturaga keskin bog‘liqligini va moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlarining oldi olindi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda tashqi dunyo bilan ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishimizda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or texnologiyalariga asoslangan investitsiyalariga ehtiyoj mavjud. Qolaversa, jahon bozoridagi talabning pasayib borishi mahalliy
ishlab chiqaruvchi korxonalarimizning eksport ko‘lamiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shunga asoslangan holda, hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan davlat dasturlarida ichki talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlovchi chora-tabdirlar majmui o‘z aksini topdi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin