18.2-jadval Jahondagi ayrim davlatlar tashqi qarzining YaIMga nisbatan dinamikasi, foizda1
Davlatlar
2007
2008
2011
2013
2015
2016
2018
O‘zbekiston
17
13
18
11
11
11
33
Rossiya
36
37
28
25
25
36
47,1
Qozog‘iston
92
102
85
68
58
26,1
94
AQSh
89
90
100
110
98
98
104,1
Ukraina
60
64
77
96,5
96,5
127
63
Qirg‘iziston
83
81
58
81
54,1
54,1
47,4
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, keyingi yillar mobaynida xususan, AQSh va ayrim Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari
(Qirg‘izistondan tashqari) tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotlariga nisbatan salmog‘i ortib borgan. Xususan, 2018 yilda AQSh tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘i qariyb 104,1% ni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 47,1%ni, Qozog‘istonda 94%ni, Ukrainada 63%ni tashkil etgan.
Qirg‘izistonda 47,4% ni tashkil qilgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan iqtisodiy siyosat natijasida tashqi qarzlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i 2007 yildagi 17% dan 2016 yilgacha bo‘lgan davrda 11% ga qadar qisqargan bo‘lsa, mamlakuatimizga kirib kelayotgan xorijiy investitsiyalar hajmining ortishi hisobiga bu ko‘rsatkich 2018 yilda 33 foizni tashkil etdi.
Hozirda ko‘plab mutaxassis va ekspertlar tomonidan jahon moliyaviy inqirozining global tus olishi va iqtisodiy inqiroz jarayonlarining kuchayishi iqtisodiy pasayishni, investitsiyaviy faollik ko‘lami cheklanib borishini, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi hamda jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo‘lishi mumkinligi e’tirof etilmoqda. Xususan, jahon yalpi ichki mahsulotining pasayishi, bevosita xorijiy investitsiyalar ko‘lamining yanada pasayishining kuzatilishi hamda xalqaro savdo hajmi qariyb 15% ga pasayishi ehtimol qilinmoqda. Bu holat esa ishsizlik darajasining ortishi bilan bog‘liq jiddiy ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin (18.3-jadval).