Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Bozor iqtisodiyotida inqirozlar: mazmuni, kelib chiqish sabablari va turlari



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə268/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

18.3. Bozor iqtisodiyotida inqirozlar: mazmuni, kelib chiqish sabablari va turlari
Biz oldingi bandlarda bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning goh o‘sib, goh tushib siklik tarzda rivojlanishini aytgan edik. Siklli rivojlanishning asosiy fazalaridan biri inqiroz hisoblanadi. Shunga ko‘ra ushbu fazaning mazmuni va uning turlarini batafsil ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg‘arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo‘ladi.
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik o‘zining eng past darajasiga tushib ketishi mumkin. Bunda narxlar oshib pul qadrsizlashadi, ishsizlik oshib ketadi. Shunga ko‘ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo‘ladiki, bunda iqtisodiy o‘sish bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o‘sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosiblik-lardir. Bu avvalo, ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo‘ladi.
Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o‘rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini kengaytiradi.
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada, ularning umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.
Xo‘jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko‘ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarva tarmoqlarda yuz beradigan inqirozlarga bo‘lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi.
Ayrim sohalardagi inqirozlar orasida hozirgi davrda moliyaviy inqiroz muhim o‘rin tutib, u o‘z ichiga pul-kredit sohasidagi inqiroz, valyuta inqirozi, birja inqirozi va boshqalarni oladi. Hozirgi vaqtda AQSh va Yevropaning aksariyat mamlakatlarida ro‘y berayotgan inqiroz ham dastlab moliya sohasida boshlanib, keyinchalik ishlab chiqarish sohasiga ham tutashib ketmoqda.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin