Psixologik nazariya. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tushuntirishda iqtisodiy nazariyalar bilan bir qatorda psixologik nazariyalar ham keng o‘rin olib bormoqda. Psixologik nazariya tarafdorlariga J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va boshqalarni kiritish mumkin. Ularning fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga obyektiv iqtisodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va boshqalar ta’sir ko‘rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro‘y beradi.
Kreditning kengayishi, talab va ishlab chiqarishning o‘sishi odamlarning kayfiyatini ko‘taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilar borgan sari likvidligi yuqori bo‘lgan pul jamg‘arishga moyilligi ortib borishi va o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etishini ko‘rsatishadi.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi1. Quyidagi 18.1-jadvalda ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan.
18.1-jadval Sikllarning asosiy turlari