Ko‘rsatkichla r
|
|
Tug‘ilish
|
O‘lish
|
Tabiiy o‘sish
|
2010
|
651,3
|
133,6
|
517,7
|
2011
|
669,6
|
138,4
|
531,2
|
2012
|
625,1
|
146,0
|
479,1
|
2013
|
679,5
|
145,7
|
533,8
|
2014
|
718,0
|
149,8
|
568,2
|
2015
|
734,1
|
152,0
|
582,1
|
2016
|
726,2
|
154,8
|
571,4
|
2017
|
715,5
|
161,5
|
554,0
|
2018
|
768,5
|
154,9
|
613,6
|
2019
|
815,9
|
155,0
|
660,9
|
Respublikada 2010 yilda iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni 12286,6 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 14641,7 ming kishini
(116,9 foiz o‘sish) tashkil qildi (20.2-jadval).
20.2-jadval
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligi holati (ming kishi hisobida)1
Yil
|
Aholi soni, (mln.kishi)
|
Iqtisodiy faol ishchi kuchi soni
|
Iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni
|
Ishsizlar soni
|
2010
|
28,5
|
12286,6
|
11628,4
|
658,2
|
2011
|
29,1
|
12541,5
|
11919,1
|
622,4
|
2012
|
29,5
|
12844,1
|
12223,8
|
620,3
|
2013
|
30,5
|
13163,0
|
12523,3
|
639,7
|
2014
|
31,0
|
13606,3
|
12818,4
|
653,8
|
2015
|
31,5
|
13767,7
|
13058,3
|
709,4
|
2016
|
32,1
|
14022,4
|
13298,4
|
724,0
|
2017
|
32,7
|
14357,3
|
13520,3
|
837,0
|
2018
|
33,3
|
14641,7
|
13273,1
|
1368,6
|
2018 yilda 2010 yilga
|
|
|
|
|
nisbatan %
|
116,8
|
119,2
|
114,1
|
207,9
|
Jadvaldan ko‘rinadiki, 2010 yilda O‘zbekiston aholisi soni 27,1 mln. kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 33,3 mln. kishiga etgan, ya’ni 116,8% o‘sgan.
Aholining tabiiy o‘sishi, uni takror ishlab chiqarish xususiyati ko‘pgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizatsiya darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar, madaniyat va maishiy turmush an’analari, aniq tarixiy omillar bilan belgilanadi.
Ular jumlasiga demografiya omilini hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bolalarga nafaqalar berish, ularni bolalar muassasalari bilan ta’minlash, xomiladorlik va bola tug‘ilgandan keyingi ta’tillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash, shuningdek, jamoada ma’naviy muhitni yaxshilash kiradi.
Mamlakatdagi yoki ayrim hududlardagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o‘sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta’siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib o‘tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya’ni xalqaro darajada va mamlakat ichida ro‘y berishi mumkin. Davlatlar o‘rtasida ro‘y bergan migratsiya tashqi migratsiya deyiladi. Bir mamlakat ichida ro‘y bergan migratsiya ichki migratsiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
tugal migratsiya – aholining doimiy yashash joyini o‘zgartirishi bilan bog‘liq migratsiya;
tebranuvchi migratsiya – ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog‘liq migratsiya;
mavsumiy migratsiya – mavsumiy ish faoliyati bilan bog‘liq migratsiya;
tasodifiy migratsiya – ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bog‘liq migratsiya.
Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro‘y bermay, uning negizida ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo‘ylab ishchi kuchi resurslari samarali taqsimlanishini ta’minlash, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi oshadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat.
Ishchi kuchini takror hosil qilish uning to‘la va samarali ish bilan band bo‘lish muammosini ham o‘z ichiga oladi. Ish bilan to‘la band bo‘lishni mutlaq ma’noda tushunmaslik kerak. Birinchidan, ishsizlikning ma’lum darajasi iqtisodiyot uchun me’yordagi hol hisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan to‘la band bo‘lish mehnatga layoqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida) ishlab chiqarishga jalb etilishi zarurligini anglatmaydi. Ularning bir qismi o‘zini oilada xizmat ko‘rsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy korxonalar va shaxsiy tomorqa va yordamchi xo‘jalikda mehnat qilishga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga bag‘ishlashi mumkin. Uchinchidan, ish bilan to‘la band bo‘lish uning samaradorligi bilan, ishchi kuchi resurslaridan g‘oyat oqilona foydalanish bilan qo‘shib olib borilishi kerak.
20.2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va uning taklifi nisbati
Bozor munosabatlari sharoitida ishchi kuchini takror hosil qilishda ishchi kuchi bozori muhim o‘rin tutadi.
Ishchi kuchi bozori – bu xo‘jalik faoliyati jarayonida ishchi kuchi tovari egalari va uning asosiy iste’molchilari – davlat korxonalari, tashkilotlari va turli xil tadbirkorlar o‘rtasidagi oldi-sotdi munosabatlaridir. U mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi va mas’uliyat darajasi bo‘yicha tarkib topuvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimini namoyon etadi.
Har qanday bozor singari ishchi kuchi bozorida ham ikki qarama-qarshi tomon – talab va taklifning o‘zaro ta’siri amal qiladi. Ishchi kuchi talabi – bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab. Odatda ish beruvchilar bo‘lib davlat, jamoa va xususiy mulkka asoslangan korxona va tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkor va boshqalar hisoblanishi mumkin.
Keyns nazariyasiga ko‘ra, bandlik multiplikatori jami talabga, iste’molga moyillik va investitsiya hajmiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ishchi kuchiga bo‘lgan talab ishlab chiqarish hajmi bilan belgilanadi1. Demak, Keynsning fikriga ko‘ra, ishsizlik ishchi kuchi talabining etishmasligi natijasida yuzaga keladi. Keyns ham klassiklar ilgari surgan ish haqining pasayishi bandlikning o‘sishiga olib kelishi haqidagi fikrlarni inkor qilmaydi. Biroq, ish haqini pasaytirishga bandlikni o‘stirishning yagona vositasi sifatida qaramaslik kerak, deb ko‘rsatadi. Chunki, ish haqi faqat korxonalar xarajatlarini emas, balki iste’molchilar daromadlarini ham ifodalaydi.
Ishchi kuchiga talab – bu ish haqining muayyan darajasi hamda ishga yollashning muayyan shartlarida iqtisodiyot sohalari va korxonalardagi mavjud ish joylarida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojning puldagi ifodasidir.1 Muallifning fikricha, ishchi kuchiga belgilangan darajada ish haqi to‘lab ishga yollashga qodir bo‘lgan ehtiyojdir. Bu o‘rinda ishchi kuchiga umumiy talab va qo‘shimcha talabni farqlash juda katta nazariy-uslubiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ishchi kuchiga umumiy talab milliy iqtisodiyot va xorijiy mamlakatlar tomonidan mavjud va yangidan yaratilgan barcha (ishchi kuchi bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan) ish o‘rinlarida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni namoyon etadi.
Dostları ilə paylaş: |